Matbuot sharhlari 20.02.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

676210
Matbuot sharhlari 20.02.2017

 

Hurriyat gazetasi Germaniyada o’tkazilgan 53-Xalqaro Munih konferensiyasida so’zga chiqqan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu terror tashkilotlariga qarshi kurash ketar ekan, boshqa terror tashkilotini qo’llab quvvatlash, qurollantirish katta xato ekanini tilga olganini yozdi.

“Bu Amerikaning sobiq hukumati yo’l qo’ygan katta xatolardan biridir. Ular YPG terror tashkilotini qurol bilan ta’minladilar. Turkiyaga qarshi kurashgan PKK terror tashkiloti bu qurollardan foydalandi. DAISh terror tashkiloti ham qurollardan ba’zilarini qo’lga kiritdi. Ular qurollarni o’z oralarida almashtirmoqdalar. DAISh, YPG va boshqa terror tashkilotlari bir-biriga qurol sotmoqda. PKK bu qurollarni Turkiyada sodir qilgan terrorchilik harakatlarida ishlatmoqda. Turkiya Amerikaning bir ittifoqdoshidir, lekin bu kurashda nima uchun boshqa terror tashkilotiga yordam bermoqda?”,-deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lu.

Star gazetasi, “Terrorizmga qarshi bitim” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Germaniyaning Munih shahrida Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bilan Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi raisi Mesud Barzaniy o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda, mintaqadagi o’zgarishlar va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim suhbat chog’ida, Turkiya bilan Iroq o’rtasida o’zaro razvedka almashinuvning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Xabar turk gazetasi, Koch Holdingning Otokar bilan Birlashgan Arab Amirliklarining eng mashhur Tawazin shirkatining sa’y-harakatlari bilan tashkil qilingan Al Jasoor shirkati Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari bilan 661 mln dollar qiymatida 8x8 g’ildirakli o’q o’tmas tranport shartnomasi imzolaganini yozdi.

Turkiya mudofaa sanoati eng katta eksport shartnomasiga imzo qo’yganini aytgan Koch Holding direktor o’rinbosari Ali Koch: “Ko’rfaz davlatlariga eksport amalga oshirish bilan birga, mahalliy hamkorlarimiz bilan tuzgan Al Jasoor shirkatimiz bilan xorijda ishlab chiqarishni boshlaymiz”,-dedi.

Sabah gazetasi, Antaliyada 1 apreldan e’tiboran xizmat bera boshlaydigan 46 yo’lovchi hajmiga ega turistik suv osti kemasi birinchi marta dengiz ostiga sho’ng’iganini yozdi.

Dengizda 110 metrgacha sho’ng’iydigan kema dunyo bo’yicha 7 ta davlatda mavjud bo’lgan suv osti faoliyatidir.

Suv osti kemasini zamonaviy jihozlash ishlari 1 yil davom etdi.

Ushbu suv osti kemasi yoz mavsumida 70 ming mahalliy va xorijlik sayyohga xizmat beradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #yangiliklar , #xabarlar

Aloqador xabarlar