Matbuot sharhlari 17.02.2017

Bugungi gazetalardan xabarlar...

674762
Matbuot sharhlari 17.02.2017

                  

Star gazetasi, “Rakka uchun harbiy sammit” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik Brusselda NATO Mudofaa vazirlari yig’ilishidan so’ng matbuotga bayonot berdi.

Evfrat qalqoni operatsiyasi haqida ma’lumot bergan Fikri Ishik: “Al Bab har tomonlama qurshovga olindi. Mustaqil Suriya qo’shini va turk askari Al Babni terrorist va DAISh unsurlaridan tozalashga kirishdi”,-dedi.

Uning aytishicha, Turkiya Al Babni terroristlardan tozalagach, Munbich va Rakkada operatsiya o’tkazadi.

AQSh harbiy bosh shtabi raisi Joseph Dunford bugun Ankarada Turkiya harbiy bosh shtabi raisi Hulusi Akar bilan uchrashib, ushbu masalani muhokama qiladi.

Sabah gazetasi, “Ko’rfazning poydevori turklarga omonat” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 34 yilda 113 davlatda 335 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirgan turk inshoat sektori xorijda katta rag’bat ko’rmoqda.

Saudiya Arabistonida qurilishi davom etayotgan Makka, Jidda, Qrol Abdullah iqtisodiy mintaqasi va Madina shaharlari o’rtasida 450 km uzunlikka ega bo’lgan Haremeyn tez yurar poyezd loyihasi doirasida qurilgan madina tez yurar poyezd stansiyasi xizmatga topshirildi.

Hijaz temir yo’li doirasida 1908 yili qurilgan dastlabki tarixiy stansiyadan keyin Madinadagi ikkinchi stansiyani ham turk shirkati qurdi.

Rasmiy ziyorat maqsadida Saudiya Arabistonida bo’lgan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Madinada Masjid Al Nabavini ziyorat qildi va Madina stansiyasini ko’zdan kechirdi.

Xabar turk gazetasi, Tayvanda 23 davlatdan jami 247 loyiha ishtirok etgan Taiwan International Science Fair” ga Turkiyadan qatnashgan litsey o’quvchisi Alara Guler “qishloq hojaligi faoliyatlari uchun chiqimsiz mobil robot” nomli loyihasi bilan dunyo bo’yicha ikkinchi o’rinni qo’lga kiritganini yozdi.

Alara Guler ushbu mobil robotga “Urug’Qayiq” deb nom berdi.

Alara Gulerning loyihasi asosan kichik va o’rta hajmli qishloq-ho’jalik maydonida qo’llaniladi.

“Urug’Qayiq” dala ishini inson qo’l mehnatisiz, chiqimsiz va o’z vaqt ichida amalga oshirib, qishloq ho’jaligi sohasida unumdorlikni oshirishi maqsad qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #xabar , #yangilik , #Turkiya

Aloqador xabarlar