Matbuot sharhlari 16.02.2017

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Ko'rfaz safari doirasida Qatarda Amir Shyh Temin bin Hamad Al-Sani tomonidan kutib olindi.

673546
Matbuot sharhlari 16.02.2017

Hurriyat gazetasi, "Qatar qora kun do'sti" deb yozmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Bahreyin va Saudiya Arabistondan keyin Qatarni ziyorat qildi. Erdo'g'anni Qatar Amiri Shayh Temim bin Hamad Al-Sani rasmiy marosim bilan kutib oldi. Prezident Erdo'g'an, Dohada El-Arab gazetasiga bergan muloqotida, "Har uchrashuvimizda, birdamligimiz, ko'ngildoshligimiz kuchaymoqda. Qatarning 15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusi chog'ida va undan keyin ko'rsatgan hamdardlik va dastagini yoddan chiqarmaymiz. Birodarim Shayh Temim bilan birga hududimizda barqarorlik o'rnatish uchun yana ko'proq faoliyatlar olib borishimizga ishonchim komil" dedi.

Yeni Shafak gazetasi, "Germaniyada saylov oldi vaziyat" deb yozmoqda. 

25 Fevral kungi saylovdan oldin Bosh vazir Binali Yildirim, shanba kuni, Germaniyaning Oberhausen shahrida 15 ming kishiga hitob qiladi. Yildirim, Ayni kun Munihdagi Xavfsizlik Sammitiga ham Amerika Prezidenti o'rinbosari Mike Pance bilan bir qatorda boshqa liderlar bilan uchrashadi.

Xabar Turk gazetasi, "Qora dengizda hammaning roli belgilanmoqda. NATOning kelishuvlari muhokama qilinmoqda" deb chop etgan.

Rossiya-Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) o'rtasida Ukraina masalasi va Rossiyaning Qirimni o'z tuproqlariga qo'shib olishidan keyin, Qora dengizda taranglik avjiga ko'tarildi. Kuni kecha boshlagan va bugun Brusselda davom etadigan NATO Mudofaa Vazirlari yig'ilishi "Kelishuv qoidalari" qayta ko'zdan kechirilmoqda. NATOning Qora dengizdagi kelishuv qoidalariga Turkiyaning qanday qarashi ushbu yig'ilish natijasida shakillanadi. Qora dengiz uchun muhokama qilingan kelishuv qoidalari orasida, 'Doimi NATO Dengiz Kuchi, Mushtarak Flot va Millatlararo Brigada" joy olmoqda.

Vatan gazetasi, "Turkiya Osiyo Yo'lbarslari Safida" deb yoritmoqda.

Dunyo Banki chop etgan "Qiqqat qaratilgan nuqtalar" nomli hisobotida, Turkiyaning 2015 yil tahminan 28 % bo'lgan investitsiyasi bilan yalpi ishki mahsulot ulujining Osiyo Yo'lbarslar bilan ayni safga ko'tarilganini bildirdi. Hisobotda, Turkiyaning Filipinlar va Hindistondan susroq rivojlangani, Indozneziya va Maleyziyani esa o'tgani bildirildi.

Sabah gazetasi, "29 May kuni Istanbulda musiqa kunlari boshlanadi" deb xabar qilmoqda.

45. Istanbul Musiqa Festivali 'G'aroyib' temali mavzu bilan 29 May 21-Iyun kunlari orasida musiqasevarlarni rom qilishga tayyorlanmıqda. 2015 yil Chaykovsky Bellashuvi violenchel sohasida birinchi bo'lgan, 23 yoshdagi Andrei Lonitaning 29 May kuni ochilish konserti bilan boshlanadigan festival, Sant Petersburg Rus Flarmoniyasi, Vena Orkestri, London Orkestri kabi mumtoz guruhlardan Huseyin Sermat, Alina Pogostkina va Matjias Georne kabi ustozlar va yosh san'ankorlar, 600 dan ziyod mahalliy va xorijiy san'atchini, oralarida Kapalicharshi ham bo'lgan Istanbulning 15 farqli makonida musiqasevarlar bilan uchrashadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar