Matbuot sharhlari 14.02.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

672075
Matbuot sharhlari 14.02.2017

 

Sabah gazetasi, “Prezident Erdog’an Bahreyndan islom dunyosiga hitob qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Bahreyn ziyorati chog’ida, islom davlatlariga hitob qildi.

Hitobida islom dunyosini ogohlantirgan Erdog’an: “Bizning taqdirimiz, o’tmishimiz va istiqbolimiz bir. Quruq so’zlar bilan emas, amalda birlashadigan davr yetib keldi”,-dedi.

Uning aytishicha, dunyoda musulmonlar terror tashkilotlari tufayli nohaq qoralanmoqda.

Star gazetasi, Istanbulda Jahon Malak jamg’arma fondi o’z faoliyatini boshlaganini yozdi.

Mazkur jamg’armaga London birjasi homiylik qilmoqda.

Shu munosabat bilan o’tkazilgan forumda 21-asrning global investitsiya siyosati shakllanadi.

Yangi tadbirkorlik fursatlarini sarmoya bilan ta’minlaydigan jamg’arma fondi dunyoda 50 mlrd dollarlik tijorat hajmini tashkil qiladi.

Forumning ochilishida so’zga chiqqan Jahon tadbirkorlar forumi direktori Baybars Altuntash: “O’tgan yili 320 ming tadbirkor Yevropaga 6.7 mlrd evro, Amerikaga esa, 26 mlrd dollar sarmoya kiritdi”,-dedi.

Xabar turk gazetasi, “Chaykur Marokkoga choy mahsulotini eksport qiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Choy ishlab chiqarish korxonalari boshqarmasi “Chaykur” Marokko davlatiga choy mahsulotini eksport qilish uchun shartnoma imzoladi.

“Ushbu shartnoma asosida Marokkoga choy eksport qilamiz. Marokko bilan tuzilgan shartnoma juda muhim. Marokko Shimoliy Afrikada joylashgan va rivojlanish imkoniyatlari katta bo’lgan davlatlardan biridir. Bundan oldin Fildishi sohillari, Gabon va Kamerunda ham shartnomalar imzoladik”,- deydi “Chaykur” firmasi direktori Imdat Sutluog’lu.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #yangilik , #xabar

Aloqador xabarlar