Matbuot sharhlari 06.02.2017

Terrorga qarshi harbiy operatsiyalar uzluksiz davom etmoqda.

666156
Matbuot sharhlari 06.02.2017

Yeni shafak gazetasi, "Daishga har tomonlama zarba urildi" deb yozmoqda.

Terror tashkiloti Daishga qarshi kurashgan Turkiya, jadal ravishda operatsiya olib bormoqda. Terror tashkilotiga ham Suriyada hamda Turkiyada katta zarba urildi. Istanbul, Anqara, Izmir va Sholiurfa viloyatlari bilan birga jami 28 viloyatda yuzlab uyga bosqin uyushtirildi, 690 kishi esa qo'lga olindi. Suriyada esa tashkilotning El Babga "hokim" tayin etgan "Ebu Halil Urduni" o'ldirildi. Bosh shtab rahbari Hulusi Akar ham, Quruqlik va Havo kuchlari qo'mondonligi bilan Gazinatep va Kilis viloyatlarida tekshiruvlar o'tkazdi. Akar, operatsiyalarda boshchilik qilgan qo'mondonlardan tafsulotli ma'lum oldi.

Star gazetasi, "Turk ishbilarmonlarga Falastinda tayyor zavodlarning kalidi beriladi" deb yozmoqda.

Turkiya Isroil bilan Erkin Tijorat Safarbarlik Shartnomasini kuchaytirmoqda. Bu doirada Falastinda ish imkoniyati yaratadigan Jenin shahrida Turk ishbilarmonlar tayyor zodlarning kalidini olib, "Made in Falastin" markasi bilan ishlab chiqarishga boshlaydi. Jeninda to'qimachilik va qishloq xo'nalik mollari ham bo'lib "Quddus toshlari, dehqonchilik uskunalari, zaytun yog'i va dori-darmon" sohalarida sarmoya kiritishni mo'ljallamoqda. Turkiyaning uyushgan sanoat hududlariga qaratilgan faoliyatlardan keyin O'rta Osiyo, Yaqin Sharq va Ko'rfaz o'lkalari ham Turkiyaning tajribalaridan bahraman bo'lish uchun Turkiya Doiralar va Birjalar Birligiga murojaat etmoqda.

Hurriyat gazetasi,  "Avtomobil eksporti 37 % o'sgan" deb yozmoqda.

Eksport sohasida muhim o'rni bo'lgan avtomobil 2017 yil ham faol vaziyatda. Avtomobil sektori Yanvar oyi 37 % o'sib 2 miliard 69 million dollarga ko'tarildi. Yanvar oyi eksport uluji 20 % o'sgan avtomobil, shunday qilib eksportning besh foizini o'zi amalga oshirdi.

Sabah gazetasi, "Nemis Der Spieger jurnali, FETOning nima bo'lganini angladi" deb yozmoqda.

Germaniya ham FETOni tan olishga majbur bo'ldi. Nemis Der Spiegel jurnali, Fethulloh terror tashkiloti (FETO) qanchalik tahlikali bo'lganini anglab yetdi. Turkiyada haqiqiy yuzi maydonga chiqgan Fathulloh Gulanni, "shubxali kishi" sifatida tarib etib, tashkilotni esa "fitnachi" deb baholadi. Jurnal, yilar bo'yicha davlat organlariga sizib kirgan FETOning qo'lidagi imkoniyatlarni suiste'mol qilib o'zlarga boylik yig'ganini tanqid qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar