Matbuot sharhlari 27.01.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

660342
Matbuot sharhlari 27.01.2017

 

Xabar turk gazetasi “Turkiya-Amerika munosabatlarini mustahkamlashtirishimiz zarur”,-deb yozadi.

Gazetaning yozishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Afrika ziyoratini yakunlab qaytar ekan, samolyotda jurnalistlarga intervyu berdi.

U o’z intervyusida, Amerika prezidenti Donald Tramp bilan yuzma-yuz uchrashishni ortiqcha kechiktirmasdan amalga oshirishdan umidvorligini tilga oldi.

“Munosabatlarimizni haqiqatdan ham strategik darajaga olib chiqishimiz zarur. Munosabatlarimizning hozirgi holati qoniqtiradimi? Aslo. Buni mustahkamlashtirishimiz zarur. Yaqin sharqda Turkiya-Amerika aloqalaridan oqilona foydalanishimiz kerak. NATOga a’zo ikki davlatmiz, lekin afsuski Yaqin sharq masalasida NATO a’zosiga yarashadigan ishni qilmayabmiz”,-deya intervyu beradi prezident Erdog’an.

Sabah gazetasi “Yunonistondan tarixiy hiyonat” sarlavhasi bilan xabar tarqatdi.

Xabarga ko’ra, Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusida faol ishtirok etgan isyonchi harbiylar vertolyot bilan Yunonistonga qochgan edi. Yunoniston Oliy sudi Turkiya davlatini to’ntarishga qo’l urgan ushbu isyonchi harbiylar ustidan qaror qabul qildi.

Yunoniston Oliy sudi Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul to’ntaruvida faol ro’l o’ynagan Fathulloh Gulen harakati a’zolarini Turkiyaga ekstraditsiya qilish talabini rad etdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu qarordan so’ng, Yunonistonga qattiq e’tiroz bildirdi.

“Turkiyada demokratik tuzumga bolta urilgan, xavfsizlik kuchlarimiz va tinch aholidan jami 248 fuqaro o’ldirilgan, 2193 kishi esa, yaralangan to’ntaruv tashabbusida faol ishtirok etgan hamda mamlakat prezidentining joniga qasd qilgan shaxslarning mustaqil Turkiya sudiga topshirilishini oldini olgan bu qarorni qoralaymiz”,-deya yozma bayonot beradi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi.

Vatan gazetasi, turk askari Turkiya-Iroq-Eron chegarasi to’qnashgan hududda ya’ni Mirgesav harbiy bazasida -30 daraja sovuqda harbiy operatsiya o’tkazganini yozdi.

“Hudud lochinlari” deb nomlangan askarlar qalin qor orasidan tünel qazib, terror makonlarini portlatmoqda.

Qahraton qishda xizmat o’tagan turk askarlari terror tashkiloti PKKga og’ir zarba bermoqda.

Shuningdek, Iroqning Hakurk, Kaleresh va Ari lagerlaridan kelgan terroristlarning Turkiyaga o’tishiga yo’l qo’ymayotir.

Star gazetasi, mamlakatda ro’y bergan terrorchilik harakatlariga qaramay, Osman Gazi va Yovuz Sulton Selim ko’prigi hamda Yevrosiyo va Ilgaz tuneli kabi ulkan transport loyihalarini ro’yobga chiqargan Turkiya yana bir loyihani hayotga tadbiq etayotganini yozdi.

Kecha Kinali-Tekirdag’-Chanoqqala-Savashtepa transport loyihasining davomi bo’lgan 101 km lik Malkara-Chanoqqala bo’limini qurish uchun tender o’tkazildi.

Tenderda 14 ta shirkat jami qiymati 10 mlrddan ziyod mablag’ bilan taklif kiritdi.

Bu takliflar kelgusida atroflicha ko’zdan kechirilib, yakuniy qaror olinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #yangiliklar , #xabar , #Turkiya

Aloqador xabarlar