Matbuot sharhlari 24.01.2017

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an terror mavzusida dunyoni ogohlantirdi.

658097
Matbuot sharhlari 24.01.2017

Hurriyat gazetasi, Prezident R.T. Erdo'g'anning "Terror o'yinlariga kelmaymiz" degan so'zlariga o'rin ajratmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Tanzaniya ziyorati chog'ida so'zlagan nutqida, duyoni tahdit etgan terrorizmga qarshi birga harakat qilishimiz kerak. Chunki Turkiya, terror tashkiloti FETOning 15 Iyul kuni davlatni to'ntarish tashabbusini boshidan o'tkazdi. Bu tashkilot nafaqat Turkiya uchun, barcha davlatlar uchun bir tahditdir. Bizlar do'stlarimizning zarar ko'rmasligi uchun ularning tadbir olishini istaymiz" deb so'zladi.

Sabah gazetasi, "Ostonada tarixiy diplomatik uchrashuvlar" deb yozmoqda. Turkiya va Rossiya 6 yildan beri jang bo'layotgan Suriyada rejim va muxolif vakillar Qozog'istonning Ostona shahrida bir kelishuv yo'li topish maqsadi bilan tartiblangan uchrashuvlarga Turkiya, Rossiya, Eron, Birlashgan Millatlar hay'ati qatnashdi. Turkiya tashqi ishlar vazir o'rinbosari Sedat O'nal, Eron tashqi ishlar vazir o'rinbosari ham qatnashgan yig'ilishlar o'tkazilmoqda.

Vatan gazetasi, "Minus 6 daraja sovuq havolarda yechim yo'llari izlanmoqda" deb yozgan. Suriyada jang qilgan muxolif va rejim vakillari ilk marta Ostonada uchrashdi. Minus 6 darajalik sovuq havolarda dunyodagi eng og'ir muammolardan biriga yechim topish uchun Rossiya va Turkiya kafolatchiligida amalga oshirildi.

Xabar Turk gazetasi, "Turkiya, sayyohlar uchun 4 mavsumlik bir serial tasfirga oladi" deb yozmoqda. Turkiyaning tabiiy go'zalliklarini tanitish safarbarligi boshlatgan Madaniyat va Turizm vazirligi, sayohat va hujjatli film kanali Travel Channel bilan hamkorlik qiladi. Bunga ko'ra, reklamalar o'rniga mushtarak mahsulotlar ishlab chiqariladi, seriallar tasfirga olinib, har mavsum maxsus dasturlar  tuziladi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar