Matbuot Sharhlari 29.12.2016

Hurriyat gazetasi: “   salomatlik   jihatidan en yaxshi vaziyatda bo’lgan dunyo liderlari”

640210
Matbuot Sharhlari     29.12.2016

 

Hurriyat gazetasi: “   salomatlik   jihatidan en yaxshi vaziyatda bo’lgan dunyo liderlari”

Prezident  Rajab Toyyib Erdo’g’an  salomatlik forum jihatidan  dunyo liderlar qatorida elit ro’yxatda o’rin oldi.

AQSh “ Health Fitness Revolution” jurnali tomonidan olib borilgan tadqiqotda, Prezident Erdo’g’an, amalga  oshirgan faoliyatlari  bilan bir qatorda salomatlik va  badan  forumi katta  e’tibor bergan 13 lider qatorida  o’rin oldi.

Jurnali alohida  boshqa dunyo liderlariga Prezident Erdo’g’anni namuna qilib olishlari ham taklif qilindi.

Xabarda sobiq futbolchi ekaniga diqqat qaratilgan Erdo’g’an Joging  qilgani ham ma’lum qilindi.

Sabah gazetasi: “ Ish olami 2017 yilidan umidli”

Siyosiy va iqtisodiy jihatdan juda qiyin bir yil  orqada qoldi. 2016- yiliga millatning irodasi o’z ta’sirini qoldirdi. Hayotning salbiy jihatlariga qaramasdan Turk iqtisodiyot ijobiy o’sish odatini davom ettirdi.

Turk ish olami, 2017- yiliga umid bilan qaraydi. İshbilarmonlar, ichki va tashqi manbali terror tashkilotlarining  iqtisodiyotga zarar berishlariga qaramasdan, global iqtisodiyotdagi  shakl beradigan 2017- yilida, Turkiya o’rin olgan mintaqaviy  geosiyosiy noaniqlarni kamaytirib  iqtisodiyotga  ijobiy ta’sir tashlaydi. Olingan chora- tadbirlarning  ta’siri bilan inqirozlar orqada qolib ketadi, ishlab chiqarish va eksport tezlashadi deb  ma’lum qildi.

Haberturk: Turkiya va Rossiya, Suriyada doimiy sulh uchun faoliyatda”

Suriyada doimiy yechim uchun taraflar Qozog’istonning poytaxti Ostonada kelgusi oy uchrashdilar .

Muzokaralarda Suriya rejimi va muxoliflar bir  qatorda, Turkiya, Rossiya va Eron kafolatchi o’lkalar sifatida qatnashadi.  Rossiya, Suriya rejimi, Eron, Hizbullah, va Shia guruhlar, Turkiyada muxoliflar ustidagi ta’siri sababli kafolat chi o’lkalar sifatida o’rin oladi.

Asad bilan siyosiy yechim bo’lmasligini, muxolafat ham buni, qabul etmasligini  butun dunyo bilganini qayd etgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut  Chavusho’g’lu, Asad ustida bir kelishuv mumkin bo’lmaganini ifoda etdi.  Chavusho’g’lu, Ostonadagi sammitda bo’lginchi terror tashkiloti PKK Suriyaning davomi PYD birinchi o’rinda bo’lib boshqa terror tashkilotlari ham joy olmas dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “ Erdo’g’an  haq, koalitsiya DEASH, YPG/PYD kabi terror tashkilotlarini himoya qildi”

Rossiya parlamentining  yuqori qanoti federatsiya kengashi senatorlaridan Aleksey Pushkov,

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, koalitsiya kuchlari Suriyada DEASH bilan bir qatorda bo’lginchi terror tashkiloti  PKKning davomi bo’lgan YPG /PYD terror tashkilotlariga Turkiyaga qarshi himoya qilgani borasidagi izohotlarda haq ekanini  bildirdi .Pushkov, ijtimoiy tarmog’ orqali qilgan izohida, Erdo’g’an haq,  AQSh, terror tashkilotlarini himoya qilgan juda ko’p dalil bor. AQSh davlat kotibi ravshan bo’lgan ushbu vaziyatni inkor etishi  juda ham  behuda  deb ifoda etdi. oxirgi ikki haftada terror tashkiloti PYDga  uch harbiy material yuborgan Vashington boshqaruvi mintaqadagi urushni uzatib murakkablik yordami bilan hokimiyatini davom ettirmoqchi dedi.

 Star gazetasi “ Rus elchiga suiqasdida CIA izi”

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) 20- yanvarda lavozimni Obamadan davr oladigan  yangi prezident Donald Trumpning yaqin guruhidan Jeomi Corsi, Rossiyaning Anqara favqulodda va muxtor elchisi Andrey  Karlovni o’ldirgan Fetullahchi  terror tashkiloti FETO mansubi Mevlut Mert Altintash 15- iyul harbiy tashabbusi sodir bo’lgan kun Iroqning Erbil shaharidagi CIA ofisi yaqinida ekanini aytdi.

Corsiga ko’ra FETO to’da boshchisi Klinton va Obama tomonidan himoya qilingan va qo’riqlangani bir haqiqatdir. Klinton va FETO o’rtasidagi moliyaviy aloqa  juda ravshan. Obama boshqaruvi terrorizmni himoya qiladi va to’da boshchini  qaytarib bermaydi. Corsi, Tramp  Obama kabi  harakat qilmas FETO mavzusida Turkiyaga qarshi yana mos va samimiy bir siyosat olib borishi mumkin deb bildirdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #gazet , #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar