Matbuot sharhlari 26.12.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

637942
Matbuot sharhlari 26.12.2016

                         

Vatan gazetasi “Qizil armiyaning ovozi Qora dengizga ko’mildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, rus askarlarga yaxshi kayfiyat ulashish uchun safarga otlangan Qizil armiya xori Qora dengiz suvlarida g’arq bo’ldi.

Xabarga ko’ra, Sochidan Suriyaga parvoz qilgan Tu-154 samolyoti 92 inson bilan birga Qora dengiz suvlariga ko’mildi.

Xor ansamblidagi san’atkorlar, balet san’atkorlari va rasmiy hay’atni olib ketayotgan samolyot halokatida barcha yo’lovchilar va ekipaj halok bo’ldi.

Rossiyaning Tukiyadagi elchisi Andrey Karlov jinoyati, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xodimi Petry Polshikov va NATO bosh eksperti Yves Chandelonning vafotidan so’ng, Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli ushbu samolyot fojiasining ro'y bergani  “Rossiyaga qarshi mahfiy operatsiya yuritilyabdimi? degan savolni aqllarda paydo qiladi.

Mahalliy matbuot esa, Rossiya terror tashkilotlarining o’ljasiga aylangan bo’lishi mumkin degan taxminni chop etar ekan, kelgusi kunlarda yana bunga o’xshash hodisalarning yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Xabar turk gazetasi, “Turkiya ruslarning qayg’usiga sherik” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qo’ng’iroq qilib, rus samolyotining halokatga uchragani tufayli Putinga hamdardlik bildirdi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ham Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevga ta’ziyanoma yo’lladi.

Shuningdek, Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga ta’ziyanoma yo’lladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Huseyin Muftuog’lu ham fojia xabari Turkiyani chuqur iztirobga solganini bildirib, rus xalqiga va davlatiga hamdardlik bildirdi.

Star gazetasi, “Martda PKKga og’ir zarba beriladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Siirt viloyatiga tashrifi chog’ida: “Diyarbakir, Siirt, Mardin, Bitlis madaniyatlar shahridir. Ushbu muqaddas diyorlarning faqatgina terror harakatlari bilan zikr etilishi juda achinarli. Bu shaharlarga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish, talab va istaklarni o’z ko’zimiz bilan ko’rib inobatga olish uchun keldik. Xozirgacha PKK terror tashkilotiga qarshi olib borgan kurashimiz faqatgina boshlang’ichdir. Ularga bahorda shunaqangi og’ir zarba beriladiki, takror oyoqqa tura olmaydilar”,-dedi.

Sabah gazetasi, “Texnologiyaga Turkiyadan manba ajratiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, BMT Umumiy kengashi Xalqaro texnologiya bankining Turkiyada filial ochilishini tasdiqladi.

48 davlatdan tashkil topgan bank kelgusi yil o’z faoliyatini boshlaydi.

2011 yili Istanbulda BMT oz rivojlangan davlatlar IV-konferensiyasi bo’lib o’tgan edi.

Davrning Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an konferensiyada so’zga chiqib, bu mamlakatlarga doir kafolat dasturini e’lon qilgan edi.

Oz rivojlangan davlatlar uchun “Texnologiya banki” ro’lini zimmasiga oladigan xalqaro markaz tashkil qilish ham berilgan va’dalardan biri edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta , #xabar , #yangilik

Aloqador xabarlar