Matbuot sharhlari 23.12.2016

Bugungi gazetalarda chop etilgan muhim yangiliklar...

636517
Matbuot sharhlari 23.12.2016

 

Star gazetasi, “To’xtab qolsak Sevrga aylanamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an “Dunyo va mintaqamiz qaytatdan shakllantirilishga harakat qilingan bir davrda, agar to’xtab qolsak, o’zimizni Sevr sharoitida ko’rishimiz mumkin”,-deya ta’kidlagan.

Turkiya Istiqlol kurashidan keyingi eng katta kurashlaridan birini amalga oshirganini aytgan Prezident Erdog’an: “Bu kurash yakka millat, yakka bayroq, yakka davlat kurashidir”,-dedi.

Xabar turk gazetasi, “Karlov turk-rus do’stligining abadiy ramzidir” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim rus elchi Andrey Karlovning shafqatsizlarcha qatl qilingani munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun Ankaradagi Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi.

Binali Yildirim elchixonada ochilgan ta’ziya daftariga quyidagilarni yozdi: “Rossiya Federatsiyasining Turkiyadagi elchisi janob Andrey Karlov baxtsiz qotillik qurboni bo’lganidan chuqur iztirobdaman. Bu xoin suiqasd Turkiya va Rossiya aloqalarini hamda ikki xalq o’rtasidagi do’stlikni buza olmaydi. Ushbu jinoyatga aloqador bo’lgan barcha qattiq jazoga tortiladi. Qiyin davrda Rossiya bilan Turkiya aloqalarining yaxshilanishiga katta hissa qo’shgan Karlov bundan buyon turk-rus do’stligining abadiy ramzidir”,-deb yozdi.

Yeni shafak gazetasi, “15 iyuldan keyin 7 mlrd lira kredit” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bir qator g’arb davlatlaridagi kredit tashkilotlari Turkiya iqtisodiyotini tanqid qilar ekan, bir tomondan mamlakatdagi loyihalarga moddiy homiylik qilish uchun navbat kutmoqda.

Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusidan so’ng, turk firmalarga investitsiyada ishlatish uchun xorijdan 4 mlrd 800 mln lira kredit berildi.

Xususiy sektor esa, 15 iyuldan keyin  2 mlrd 200 mln lira qarz berishga qaror berdi.

Mutahassislar TANAP va bunga o’xshash loyihalar bilan bu raqamning yana ham ortganiga e’tibor qaratmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya , #yangliklar , #xabarlar

Aloqador xabarlar