Matbuot Sharhlari 20.12.2016

Sabah gazetasi: Xoin  FETOdan do’stlikka suiqasd”

634174
Matbuot Sharhlari  20.12.2016

Sabah gazetasi: Xoin  FETOdan do’stlikka suiqasd”

Fetullahch terror tashkiloti (FETO) yana bir bor Turkiya- Rossiya aloqalarini nishon olindi. Turkiya bilan Rossiya Halabda qurshov ostidagi tinch aholini  ko’chirish jarayonini  muvaffaqiyat bilan boshqarishi ikki o’lkaning tijoratda dollar o’rniga milliy pul ishlatishga qaror berishi, yovuz kuchlarni bezovta qildi.    Rus elchisiga suiqasd uyushtirgan terrorist FETO tarafdori sifatida  xavfsizlikni saqlash bo’limida orqa ro’yxatda o’rin olgani ma’lum bo’ldi. FETOga oid ko’rfaz darsxonalarida ta’lim olgan terrorist, FETOchi Emre Uslu bilan aloqada ekanligi ma’lum bo’ldi. Anqarada yana terror tashkiloti  bilan aloqali yotoqxonalarda qolgani ma’lum bo’ldi. 2015- yili 24- noyabrda  Rus samolyotini urib tushirgan uchuvchi ham FETOchi edi.

Haberturk gazetasi: “ Xoinona rejada, FETO aloqasi”

Rossiyaning Anqara favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovga Anqarada  fotosurat ko’rgazmasida uyushtirilgan hujum, oxirgi paytlarda yaxshilashgan Turkiya- Rossiya aloqalariga qarshi provokatsiya ekanini ikki o’lka ham tilga oldi. Terroristning  FETO aloqalari oshkor bo’ldi. Politsiya  xodimi FETO bilan aloqali imtihon tergovida shubhali ekani, do’stlarining ko’pchiligi  FETO tergovida lavozimdan  olingani ma’lum bo’ldi. Bosqinchi  15- iyuldagi xoin harbiy tashabbusida ruxsat olib uyida dam olganiga ham   diqqat qaratildi. Terrorist  harbiy to’ntarishni oldindan bilgani taxmin etilmoqda.

 

Yeni Shfak gazetasi: “ Turk- Rus aloqalariga salbiy ta’sir  tashlamas”

Turkiya va Rossiya,  kechaki elchi Karlov suiqasdi va uyushgan jinoyatni  provokatsiya  ekanini ilk lahzalarda farqi bordilar. Ikki o’lka ham rivojlangan aloqalarni buzishga qarata ushbu jinoyatning maqsadiga erisha olmas deb rahbar saviyasida bayonotlar berdilar. Maqsadlari Rus Elchisi Karlov emas Turk- Rus aloqalari ekanini bergan bayonotlarida mushtarak nuqtaga ishora qildilar. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hujum ikki o’lkaning aloqalarini buzishga qarata bir provokatsiya  ekani oshkor dedi.

Putin, “ Mazkur hujumni, Turkiya va Rossiyaning Suriyada rivojlantirgan yaxshi aloqalarga va  yechim jarayoniga qarata bir provokatsiya. Turkiya bilan ushbu jinoyatning ortida kimlar bor tadqiq qilamiz “ dedi.

Vatan gazetasi: Yevrosiyo tunali  xizmatga tushiriladi”  

Osiyo va yevropa qit’alarini ilk marotaba  quruqlik yo’li bilan ulaydigan tunal xizmatga tushirilmoqda.

Ikki qit’a orasidagi o’tish muddati dengizning ostidan 5 daqiqaga  kamaymoqda. Loyihani  mo’ljal qilib olingan kundan 8 oy oldin  yakunlandi. Yevrosiyo tunali dunyoning eng chuqurdan o’tayotgan quruqlik yo’li, dunyo bo’ylab ko’plab mukofotning egasi. Ilgari saviya texnologiya va muhandislik mahsuloti. 14.6 kilometr  masofadagi tunal, zilzila va tsunnami  tahlikasidan  ham ta’sirlanmaydigan shaklda  insho etilgan. Tunal ichiga joylashtirilgan asfaltning xususiyati ovozni kamaytirish, muzlash va erishga qarshi bo’lishi.

Star gazetasi “ Kinofilmda milliylik tashabbusi ”

Kinofilmda mahalliy asarlar, Gollyood asarlari bilan raqobatda g’olib keldi. Bu yil 55 million  kinofilm tomoshabinidan  29 millionni , katta ekrandagi Turk  kinofilmlarini tanladi.

Yutuqli mahalliy asarlarning biri-ketin   namoyish etila boshlashi, xalqaro bellashuvlardan mukofot bilan qaytgan kinofilmlarning sonining ortishi, tomoshabinlar  Turk kinofilmlarini tanlashga boshladi. O’tgan yil 136  Turk kinofilmi bu yil esa 169 mahalliy asar namoyish etila boshladi.

Alper Chag’lar boshqargan “ Tog’ 2” eng ko’p tomosha qilingan kinofilm hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar