Matbuot sharhlari 12.12.2016

Istanbuldagi terror hujumini davlat arboblari nafart bilan qoraladi.

628868
Matbuot sharhlari 12.12.2016

Hurriyat gazetasi, "Terroristlar bunga javob beradi" deb yozmoqda. Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, Istanbuldagi xoin hujum natijasida yaralangan xavfsizlik xodinlarini Haseki Shifıxonasida ziyorat qildi. Prezident Erdo'g'an, yaradorlarning vaziyatining yaxshi bo’lganini izohladi. Hujum natijasida 44 shahid, 155 yarali bo’lganini eslatgan Erdo'gan, Turkiyaning terrorga qarshi kurashni uzluksiz davom ettirishiga diqqat qaratib, "Bunga javob beradilar" dedi. Prezident Erdo'g'an bir savolga "Tekshiruvlar davom etmoqda, tekshiruvlar yakunlangandan keyin aniq ma’lumot beriladi" dedi.

Xabar Turk gazetasi, "Uch partiya terrorga qarshi mushtarak bildiruv chop etdi" deb xabar qilmoqda. Turkiya Oliy Millat Majlisi Umumiy Kengashida, Adolat va Rivojlanish Partiyasi, Jumhuriyat Xalq Partiyasi va Milliyatchi Harakat Partiyasi guruhi, Istanbuldagi terror hujumiga qarshi mushtarak bildiruv chop etdi. AK Partiya Guruh Rahbar vakili Mustafa Elitash, JHP Guruh Rahbar vakili Engin Altay va MHP Guruh Rahbar vakili Erkan Akchayning imzolari bilan chop etilgan va Turkiya Oliy Millat Majlisi Umumiy kengashida o'qilgan bildiruvda, quyidagi ifodalar joy olmoqda. "Bu aziz Turk millatiga qaratilgan hujumdir. Qaysi terror tashkiloti bo'lishidan qat’iy nazar shuni bilsin, bu aziz millatning birlik va barobarligiga rahna solmaydi. Bu bildiruvni imzolaganlar, davlatimiz va millatimiz huzurida, terrorga qarshi kurashishga davom etishini takidlagandir."

Vatan gazetasi, "Xavfsizlik kuchlarimizni qo’llab-quvvatlaymiz" deb yozmoqda. Terror tashkiloti PKKning Turkiyani bo’lish uchun uyushtirgan hujumlari, insonlarni birdamlikka chorladi. Istanbuldagi hujumdan keyin politsiyani dastaklash kampaniyasi boshlatildi. Ijtimoi media orqali "Bizning huzurimiz, xavfsizlik va kelajagimiz uchu jonini fido etgan xavfsizlik xodimlarini dastaklash” shaklida. 

Yeni shafak gazetasi, "Turkiya terrorga qarshi birlik ichida" deb yozmoqda.

Istanbulda 44 kishning hayotiga zomin bo’lgan va 155 kishi yaralangan hujum o’lkani birlashtirdi. Siyosat, media, ish dunyosi, nodavlat tashkilotlar, sport va san'at dunyosi birlikka chorlamoqda. Terrorga qarshi qat’iylik namunasi ko'rsatildi. Dunyoda vijdonli insonlar Turkiyani dastakladi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar