Matbuot sharhlari 06.12.2016

Turkiya mudofaa sanoat mahsulotlarini mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqaradi.

624654
Matbuot sharhlari 06.12.2016

Hurriyat gazetasi, "Mudofaa sanoatida mahalliy mahsulotlar" deb chop etmoqda. Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, mudofaa sanoatida oliy texnologiya kerak bo'lgan hamma narsa kabi, sun'iy yo'ldoshni ham mahalliy imkonlar bilan ishlab chiqarilishning shart bo'lganini izohladi. Go'kturk-1 sun'iy yo'ldosh uchirishdan quvonchli bo'lganliklariga diqat qaratgan Erdo'g'an, 'G'arb davlatlarining bizni, o'tmishda bo'lgani kabi ayrim harbiy mahsulotlar sotmalsikka qaror berganiga guvoh bo'ldik. Hozirgi kunda Turkiya 14 yil oldinga qaraganda mudofaa sanoat mahsulotlarida tashqariga tobe'likni kamaytirdi. 80 % dan 40 % gacha kamaygan tashqariga tobe'lik 2023 yili katta bo'limi bartaraf qilinadi.

Star: “Turkiyaga qarshi chiqish, Yevropa Ittifoqiga zarar bermoqda” Yevropa Ittifoqi Vaziri O'mer Chelik, G'arbga hitob qilib, 'Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lishi uchun bo'limlarni ochishi kerak, bundan keyingi jarayon o'ta muhim" dedi. Yevropada irqchlikka qarshi birga kurash olib borish kerakligini ifoda etgan Chelik, Yevropa davlatlarining Islomga qarshilik va xorijlik dushmanligi ortib borgani haqida ogohlantirdi. Turkiyaning Yaqin sharqda o'tkazgan operatsiyalarning Yevropa va NATOning xaxfsizligi uchun katta ahamiyatga ega bo'lganini bildirgan Chelik, Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida mustahkam rishtalar qurish kerakligini ifoda etdi.

Xabar Turk gazetasi: “Dollarga qarshi Turk lirasi kampaniyasi avjida” deb yozgan. 'Valyutani Turk lirasiga almashtir' kampaniyasini hamma dastaklamoqda. Faoliyatga o'tgan tashkilotlar ham Turk lirasiga o'tdi. Diniy Ishlar Boshqarmasi, hoj va umra safarlarini ham Turk Lirasi bilan amalga oshirishga qaror qildi. Birja Istanbul esa bundan keyin barcha valyutani Turk lirasiga almashish va Turk Lirasi hisobida bo'lishiga qaror berdi. Tejamkorlik Depozit Sug'urta Fondi ham olinadigan pullar mavzusida bundan keyin valyuta ishlatilmasligini bildirdi.

Yeni Shafak: “Turkiyada shaharlarni o'simliklar oydinlatadi" deb chop etmoqda. Gebze Texnik Universiteti labaratoriyasida o'tkazilgan Tabiiy Nur Tarqatgan O'simliklar Loyihasi bilan ko'chalar va uylarni oydinlash sistemasi o'rniga o'simlarlarning olishi rejalashtirilmoqda. Ko'chalarda endi tabiiy nur tarqatgan o'simliklar bo'ladi. 

Sabah gazetasi: “Hollywood’dan bir Usmoniy hikoyasi” deb yozgan. Turkiya va Amerika sherikligida 'The Ottoman Liertenant', 2017 yilining ilk choyragida namoyish etiladi. Birinchi Jahon Urushini bir Amerikali hamshiraning og'zidan hikoya qilgan filmdan lahalar namoyish etildi. Ko'lami bilan diqat tortgan film, Birinchi Jahon Urushi chog'ida Sharqiy Onado'lida o'tgan. Josehh Ruben rejissori bo'lgan filmning bosh rollarida Oskar sovrini Ben Kingseley bilan Joch Hartnett va Miheil Huisman o'ynagan. Jeff Stockwellning senaryasini yozgan filmda, Haluk Bilginer 'Halil Bey' rolida, Selchuk Yo'ntem ham 'Melih Pasha' roli bilan birinchi marta Hollywood filmida rol olmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar