Matbuot sharhlari 24.10.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

595963
Matbuot sharhlari 24.10.2016

 

Sabah gazetasi, “Do’stim Putinning yordami muhim” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Rossiya-1 telekanalida efirga uzatilgan “Formula vlasti” ko’rsatuvi mehmoni bo’ldi va boshlovchi Mihail Gusmanning savollariga javob berdi.

 Ko’rsatuvda Yaqin sharqdagi terrorizmga qarshi kurash jarayoniga to’xtalgan Prezident Erdog’an: “Bu mintaqada terrorizmga qarshi kurash uchun hurmatli do’stim Putinning yordamiga ehtiyojim bor. Bu mintaqada Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”,-dedi.

Fathulloh Gulen harakatining to’ntaruv tashabbusiga to’xtalgan Erdog’an: “Bu voqealar ro’y bergan kunning ertasi Putin menga qo’ng’iroq qildi. Suhbatimiz chog’ida, Putin to’ntaruv harakatiga qarshi ekanini va bizni qo’llab quvvatlashini tilga oldi. shaxsan o’zim va turk xalqi nomidan Putinga minnatdorchilik bildiraman”,-dedi.

Xabar turk gazetasi, “Musulda Turk Qurolli Kuchlari Bashikani terrordan tozaladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, terror tashkiloti DAIShni Iroqdan bartaraf etish uchun Amerika, Iroq maxsus kuchlari, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruviga qarashli peshmarga kuchlari hamda koalitsiya kuchlari hamkorlikda yuritilgan Musul operatsiyasi davom etmoqda.

Kecha tongda peshmarga kuchlari Bashika hududi bilan Nevaran hududini terroristlardan tozalash maqsadida jangovar operatsiya o’tkazdi.

Imom Riza qishlog’ida qizg’in to’qnashuv ro’y berdi.

Turk askarlari joylashgan harbiy bazaga yaqin masofada ro’y bergan otishmalardan so’ng peshmarga kuchlari Bashika hududining DAIShdan tozalanganini va nazorat qo’lga olinganini e’lon qildi.

Hurriyat gazetasi, “Jasoratingizga hurmat ko’rsataman” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bugun Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean Marc Ayrault Turkiyaga tashrif buyuradi va tashrifi chog’ida dastlab Turkiya Oliy majlisida bo’ladi.

Shuningdek, Fransiya Tashqi ishlar vaziri 15 iyul voqealarini bostirib, demokratiyani himoya qilgan turk xalqining jasoratiga bo’lgan hurmatini shaxsan tilga olmoqchi.

“15 iyul voqealari bizni lol qoldirdi”,-degan Fransiya Tashqi ishlar vaziri, bunga qo’l urganlarni sudlash uchun olingan chora-tadbirlarni tushunish kerakligini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya , #xabar , #yangilik

Aloqador xabarlar