Matbuot sharhlari 21.10.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

594382
Matbuot sharhlari 21.10.2016

                   

Yeni shafak gazetasi “14 davlatdan investitsiya tashabbusi” sarlavhali xabarni bosh sahifada chop etdi.

Xabar tafsiloti quyidagicha; Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janikli kelgusi hafta Istanbulda 9-Sarmoya maslahatlashuv kengashi yig’ilish o’tkazishini ma’lum qildi.

Mazkur yig’ilishga 14 davlatdan 10 ta soha bo’yicha faoliyat ko’rsatgan va 1 yarim mln insonni ish bilan ta’minlagan kengash a’zolari qatnashadi.

Mazkur yig’ilish Turkiyada investitsion muhitni yaxshilash va xalqaro investitorlarni mamlakatga jalb qilish maqsadida tashkil qilindi.

Xabar turk gazetasi, “Mahalliy “Hurkush” ta’lim samolyotining dronlari ishlab chiqarilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, mahalliy “Hurkush” nomli ta’lim samolyotining uchuvchisiz modeli ishlab chiqilmoqda.

Turk aviatsiya va koinot sanoati tashkiloti tomonidan loyihalashtirilgan mahalliy samolyot Aviatsiya boshqarmasidan sertifikat oldi va bu sertifikat Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tomonidan tasdiqlandi.

Turk Qurolli Kuchlari ehtiyojga ko’ra, mazkur ta’lim samolyotining uchuvchisiz dronlarini ham ishlab chiqishni talab qildi.

Talabga binoan, Turk aviatsiya va koinot sanoati tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “ANKA” va “Hurkush” loyihalaridan qo’lga kiritilgan tajribalar asosida yangi uchuvchisiz havo vositasi ishlab chiqiladi.

Vatan gazetasi, Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak Koniyaning Karapinar tumanida quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida stansiya qurilishini ma’lum qilganini yozdi.

Mazkur loyiha asosida, 1 mln dollar sarmoya bilan 17 mln kilovat soat elektr ishlab chiqiladi.

Ushbu quyosh energiyasi stansiyasi vositasida 600 ming binoning elektr ehtiyoji ta’minlanadi.

“Bu loyiha bilan nafaqat ichki bozorda, balki mintaqadagi barcha quyosh energiyasi talablarini qondiradigan davlatga aylanamiz”,-deydi Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta , #nashr , #yangilik , #xabar

Aloqador xabarlar