Matbuot Sharhlari 18.10.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

592139
Matbuot Sharhlari 18.10.2016

Hurriyet gazetasi: “Mosulni qutqarish amaliyoti boshlar ekan Turkiya chegaradagi xavfsizlik chora-tadbirini orttirdi”.

Koalitsion kuchlarining Iroqdagi oxirgi mintaqa hisoblangan Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarishga qaratilgan amaliyoti boshladi. Turkiya, Mosul amaliyotining boshlashi bilan Iroq chegarasidagi xavfsizlik chora-tadbirlarini orttirdi. Shuningdek, migratsiya ehtimoliga qarshi ham chegarada kerakli choralar ko’rildi. Turk qurolli kuchlari, Mosul amaliyotini 24 soatdan beri uzluksiz va yaqindan kuzatib bormoqda. Turk Qurolli Kuchlari rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha Bashikada, Turk harbiylari tahsil bergan  “Ninova soqchilari”dan qariyb 2 ming kishilik kuch amaliyotda ishtirok etmoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiya ishtirok etmagan amaliyot natijasida kelib chiqadigan muammodan biz javobgar emasmiz. Biz amaliyotda ham, muzokarada ham ishtirok etamiz” dedi.

Milliyet gazetasi: “Turk mehmonxonasi Harvardda o’qitildi”.

Hillside Beach Clubning muvaffaqiyati, Harvard biznes-maktabida dars sifatida “O’rta Yer dengizidagi eng yaxshi dam olish tajribasini taqdim etish” sarlavhasi ostida o’qitildi. Darslikni tayyorlash uchun mehmonxona rahbarlari va mujozlar bilan uchrashuvlar olib borildi. Mehmonxonaning mujozlarga xizmat qilish tushunchasi, o’ziga hos marketing yo’nalishi va barqarorlikni ta’minlaguvchi ajoyib boshqaruv tizimi batafsil o’rganib chiqildi.    

Sabah gazetasi: “Halabdagi qatliom davom etmoqda”.

Suriyaning shimolidagi Halabda, rejim kuchlarining qurshovi ostidagi mintaqalarga qarshi yakshanba va dushanba kunlari uyushtirilgan havo hujumi oqibatida yangi tug’ilgan chaqaloq bilan birga kamida 95 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari qariyb 200 kishi tan jarohati oldi. Halabdagi fuqarolik mudofaa kuchi rahbarlaridan Najib Ansoriyning aytishicha, Rossiya va rejimga oid urush uchoqlari Halabda, muxoliflar nazorati ositdagi mintaqalarga turli bombalar bilan hujum qilgan. Markazi Londonda joylashgan Suriya kuzatuv uyi ham 22-sentabrdan e’tiboran davom etgan havo hujumlarida 430 kishining o’lganligini ma’lum qildi. Oxirgi uch hujum bilan bu raqamning 515ga chiqqanligi aniqlandi. Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar kengashi, tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qolarab, ularning urush jinoyati bo’lishi mumkinligini bildirdi.   

Vatan gazetasi: “Butun dunyo dizaynchilari Istanbulga tashrif buyurmoqda”.

Dunyoning eng taniqli mahalliy va chet ellik dizaynchilari shu yilning 19-23-oktabri kunlari Istanbulda bo’lib o’tadigan “Turkiya dizayn haftasi” doirasida Istanbulga tashrif buyuradi. Tadbir, 19-oktabr kuni “Lutfi Kirdar” nomidagi kongress va ko’rgazma saroyida boshlaydi. Ofis dizaynlari, maktab dizaynlari kabi turli dizaynlar o’rin oladigan xalqaro va mahalliy ko’rgazmaning oxirida mukofat marosimi ham uyushtiriladi.

Star gazetasi: “Turk seriallariga bo’lgan qiziqishlar borgan sayin ortib bormoqda”.

Fransiyaning Cannes shahrida 2016-yilgi MIPCOM ko’rgazma-bozori kecha o’z faoliyatini boshladi. Dunyoning 102 davlatida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan Turk serial va kinofilmlari, yarmarkada barchaning e’tiborini o’ziga qaratdi. Yarmarkada Turkiya nomidan gapirgan Istanbul savdo palatasi rahbari Ibrahim Chag’lar, Turk serial va kinofilmlarining bu yil ham oxirigacha sotilajagining aniq ekanligini aytdi. Turk serial va kinofilmlarining oxirgi vaqtlarda dunyoning qalbida taht qurganligiga e’tibor qaratgan Ibrahim Chag’lar, Turkiyada har hafta qariyb 50 ta seril suratga olinganligini va bu seriallarning ko’pchiligining bir yoki bir yarim soatlik ekanligini, ularning ko’p mablag’ talab qiladigan ish ekanligini aytib o’tdi.   

 



Aloqador xabarlar