Matbuot sharhlari 17.10.2016

Musulda boshlatilgan harbiy operatsiyalarning dunyga aks-sadolari.

591468
Matbuot sharhlari 17.10.2016

Sabah gazetasi, "Musulda harbiy operatsiyalar boshlatildi" deb yoritoqda. Iroq Bosh vaziri Haydar el Ibadi, davlat televideniyasiga bergan bayonotida, Musulni terror tashkiloti Deashdan qutqarish operatsiyasining boshlatilganini bildirib, shahar markaziga faqat askarlar bilan politsiyaning kirishini izohladi. Ibadi, Musul xalqidan xavfsizlik kuchlari bilan hamkorikda bo'lishlarini istadi.

Xabar Turk gazetasi, "Anqara aloqalarni muvozanatga solish uchun Bog'dotga hayat yuboradi" deb yozmoqda. Turkiya Musul yaqinida joy olgan Bashira lageri bilan bog'liq tarangligini bartaraf qilish va Anqaraning so'zlarini to'g'ri tushunilishi uchun bu hafta Bog'dotga bir hayat yuboradi. Hayatda Tashqi ishlar vazirligi, bosh shtab va razvetka tashkilotidan vakillar bo'ladi. Hayat Musul operatsiyasi va Bashika tarangligini kun tartbiga keltiradi. Turkiyaning Musul operatsiyasiga ishtirok etishi va o'tgan hafta ro'y bergan Bashika lageri bilan aloqali bayonotlar natijasidagi taranglikni orttirgan edi. Nihoyat Amerikaning Musul operatsiyalariga kimlarning ishtirok etishiqa qaror berishini aytishi taranglikni avjiga ko'tardi. Turkiyaning Musul operatsiyasiga ishtirok etishi bilan aloqali Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, "Turkiyani istamasalar boshqa rejamiz bor" deb qat'iylik ko'rsatgan edi.

Hurriya gazetasi, "Dabikdan keyin navbatda Ban" deb yoritmqoda. Evfrat qolqoni" operatsiyasining 54. kuni, Turk Qurolli Kuchlaridan (TQK) dastak olgan Erkin Suriya Qo'shini )ESQ), terror tashkiloti uchun ramziy ahamiyatga ega Dabik qishlog'iga kirib olib deyarli nazorat o'rnatgan vaziyatda. Ko'p qarshilik ko'rsatmgani bildirilgan terror tashkiloti Deashning, Dabikdan chiqar ekan hududdagi eng katta aholi punktlaridan biri bo'lgan El Babga o'tdi. Erkin Suriya qo'shining el Babni nishonga olishi kutilmoqda.

Yeni Shafak gazetasi, "Yevrosiyo Tuneli 'Dunyodagi eng katta tunel loyihasi" deb chop etmoqda. Murakab va sismik faoliyatda bo'lgan geologik tuzilishga ega, 106 metrlik chuqurlikda qurilgan Yevrosiyo tuneli Amerika qo'shma shatatlaridan mukofotga loyiq deb topildi. Istanbuning ikki yoqasini ulagan Yevrosiyo tuneli hanuz ochilmasdan dunyodagi eng yaxshi tunel hisoblanmoqda. 20 Dekabr kuni ochiladigan Yevrısiyo Tuneli, Engineering News Record Jurnalining 'Global Ko'lamda Yaxshi Loyihalar' mukofoti kategoriyasida birinchi o'rinda.

Star gazetasi, "Turkiyadan Yevropaga yillik 1.500 Mersedes marka mikro avtovus yuboriladi" deb xabar qimoqda. Mersedesi Arobus Yevropaga mikro avtobus eksport qiladi. Daslab 1.500 vosita bilan boshlanadigan ushbu loyiha keyinchalik 3000 ga chiqariladi. Mersedes Benz Turk yengil tijorat vositalar sotish Direktori Tufan Akdeniz "Turkiyada sifatli moshinalar ishlab chiqarishdan g'ururlanamiz" dedi.



Aloqador xabarlar