Matbuot sharhlari 13.10.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

588817
Matbuot sharhlari 13.10.2016

  

Xabar turk gazetasi: “Yangi konstitutsiya va prezidentlik sistemasi siyosat kun tartibida” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ak partiya manbalari konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish xususida tig’iz faoliyat olib bormoqda.

Konstitutsiyaga kiritiladigan eng katta o’zgartirishlardan biri mamlakatda  prezidentlik sistemasini joriy etishdir.

10 kun ichida bunga doir kamchiliklar tuzatiladi.

Rasmiy manbalarda yozilishicha, Bosh vazir Binali Yildirim konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish xususida bir qator liderlar bilan uchrashadi.

Eslatma: Ak partiya parlamentda 316 o’ringa ega. Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha referendum o’tkazish uchun esa, 330 deputat tomonidan ma’qul ovoz olinishi kerak.

 

Yeni shafak gazetasi, “Amerika Telaferda turkmanlarni qirib tashlamoqchi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Suriyaning shimolida DAIShga qarshi kurash bahonasida terror tashkiloti PKKni joylashtirgan Amerika, xuddiy shunday metodni Iroqning Musul shahrida ham ishga solishni ko’zlamoqda.

DAIShning panjasida bo’lgan Musulni qutqarish uchun Turkiyani operatsiyalardan chetlatishni rejalagan Amerika, bu jarayonda terror tashkiloti PKK hamda shiya guruhlarning ishtirokida yana ham tahlikali siyosiy o’yindan manfaat kutmoqda.

Rejaga ko’ra, DAISh Musul xalqi bilan birgalikda Telaferga suriladi va 450000 aholiga ega turkman shahri terror bahonasida portlatiladi.

Bundan tashqari, Felluje va Tikrit viloyatlarida yuzaga kelgan sunniy qatliomlari kabi hodisalar Musulda ham sodir bo’la boshlaydi.

Shuningdek, 1 mln dan ziyod Musul aholisi qochqin bo’lib boshqa davlatlarga sig’inadi, so’ngra DAISh jangarilari joylashgan turkman shahri Telafer esa, Amerika va koalitsiya kuchlarining jangovar samolyotlari tomonidan terroristlarni o’ldirish bahonasi bilan vayron qilinadi.

Vatan gazetasi, “Istanbulda Xalqaro investitsiya sammiti o’tkaziladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, yaqinda Istanbulda o’tkaziladigan eng muhim sammitlardan biriga katta tayyorgarlik ketmoqda.

Ertaga Istanbulda Xalqaro investitsiya sammiti o’z ishini boshlaydi.

Sammitga 100 dan ortiq investitsiya agentligining direktorlari ishtirok etadi.

Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Islom taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning direktorlari sammitga qatnashadi va muhim shartnomalar imzolanadi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #xabar , #yangilik , #Turkiya

Aloqador xabarlar