Turk Matbuot Sharhlari 11.10.2016

23- Jahon energiya kongressida Prezident Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Putin ikki lider o’rtasidagi eng keng ko’lamli sheriklikka imzo qo’ydi. Turk oqimi loyihasi uchun imzo qo’yishdi.

587258
Turk Matbuot Sharhlari    11.10.2016

Hurriyat gazetasi: “ Turk oqimi uchun tarixiy imzo

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, kecha Istanbulda, 23- jahon energiya kongressining ortidan Mabeyn ko’shkida 1 soat 40 daqiqa davom etgan uchrashuv amalga oshirildi. Juda ham gavjum  bo’lib o’tgan uchrashuvlarning ortidan 2 lider uyushtirgan mushtarak matbuoti anjumanida, ikki o’lkaning energiya  vazirlari Rus gazini to’g’ridan Turkiyaga bog’lab, bu yerdan esa  janub sharq  yevropaga yetkazadigan Turk oqimi tabiiy gaz quvur loyihasi  hukumatlar ora bitim imzolandi.

Haber Turk Gazetas: "Energetika ittifoq"

23- Jahon energiya kongressida Prezident Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Putin ikki lider o’rtasidagi eng keng ko’lamli sheriklikka imzo qo’ydi. Turk oqimi loyihasi uchun imzo qo’yishdi.  

Rossiya Marsinda insho etadigan Akkuyu atom energiya stansiyasida jarayon tezlashtiriladi.

Vizada ishbilarmonlariga qulaylik ta’min etiladi . Rossiya Turk sitrus, sabzavot va qishloq xo'jaligi cheklovlar bekor qilindi.

Ikki o’lka mudofaa mavzusida hamkorlik qiladi. Turkiya, koinot va havo mudofaa sistemasida  kim oshdi savdolari uchun Rossiyadan ham taklif oladi. Rossiya ham ishbilarmonlarga viza mavzusida qulaylik ta’min etadi.  Rossiya, alohida Movi  oqi bilan Turkiyaga sotayotgan tabiiy gaz narxlarida chegirma ta’min etiladi.

Vatan gazetasi:  Tarixiy bitim”

Istanbuldagi Jahon energiya sammitida  kutilmagan bir narsa bo’ldi. Rus gazi Qora dengizdan Turkiyaga yetkazilishi,  u yerdan  esa  Yevropaga olib kelinishi uchun rejalangan Turk oqimi loyihasiga start berildi. Turk oqimi loyihasiga imzolarni Prezident Erdo’g’an bilan Rossiya prezidenti Putinning oldida imzo qo’yildi.

Bitimga, Turkiya nomidan Energiya vaziri Berat Albayrak bilan Rossiya nomidan  esa Energiya vaziri Aleksander Novak imzo qo’ydi. Prezident Erdo’g’an, energiya hamkorlikning davom etishini bildirib, Putin, Turkiya  energiya koridori  holiga aylandi dedi.

Sabah gazetasi: “Shahidlarga hurmat Turk xalqiga maqtov”

Energiya Kongressiga ishtirok etgan liderlar Fetullahchi terror tashkiloti Parallel davlat tuzilishi ( FETO\ PDY) 15 iyuldagi xoinona harbiy to’ntarish tashabbusini qoralab, Turkiyaning himoya qilganlarini izoh etdilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, harbiy to’ntarishga qarshi vaziyatni o’z tekshiruviga  ola olgan Turk xalqini tabrik etganini, Turkiyaga muvaffaqiyatlar tilganini  bildirdi. Ozarbayjon  Prezidenti Ilham Aliyev, “ Turkiya katta qahramonlik ko’rsatib harbiy to’ntarishni bartaraf qildi. Prezident Erdo’g’an atrofida  birlashib ushbu  qattiq imtihondan muvaffaqiyat bilan o’tdi.

Turkiya bilan birodarligimiz doimdir” dedi.  Venesuela  Prezident Nicolas Marduro, 15 iyul harbiy to’ntarish tashabbusida Turk millati demokratiyani himoya qilganini ayni vaziyat o’lkasida ham sodir bo’lganini  ma’lum qildi.

Yeni Shafak gazetasi: tadbirkorlar Istanbulda uchrashdilar”

Turkiya savdo uylari va birjalar birligi Rahbari Rifat Hisarjiklio’g’lu, Startup Istanbul konferensiyasi final kuni ochilishida so’zlagan nutqida

“ Istanbul faqatgina shirkatlar jihatidan emas, Osiyo, Yevropa va Afrikadan startuplarning ham markazi sifatida ifoda etish mumkin dedi.  

Startup Istanbul, Istanbulni  global bir tadbirkorlik markazi qilishning dastlabki qadamidir” dedi. Istanbul  ko’p millatli shirkatlarning mintaqaviy markaziga

Mezbonlik qilganini eslatgan Hisarjiklio’g’lu, shunday deb qayd etdi:

“ ko’p millatli shirkatlar, birdan ko’p o’lkadagi operatsiyalarni bu yerdan yuritmoqdalar. Istanbul, dunyoning eng katta 18- iqtisodiyotining ish markazidir. Jami xorijiy savdo hajmi 350 milliard dolarga erishgan vaziyatda. To’g’ridan chet el sarmoya hissasi esa  170 milliard dollarga erishdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuotidan , #Gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar