Matbuot Sharhlari 10.10.2016

Xoinlar, kecha ertalab Hakkari Shemdinlida jandarm tekshiruv  nuqtasidagi  askarlarga qarata  o’q uzdi  ortidan esa 5 tonna ortilgan yuk mashinasi bilan hujum qildi. PKKlik terroristning qilgan  hujumida 10 nafar askar shahid bo’ldi, 11 nafari askar 27 na

586344
Matbuot Sharhlari      10.10.2016

Hurriyat gazetasi: “ Tekshiruv nuqtasida 5 tonnali xoinlik”

Xoinlar, kecha ertalab Hakkari Shemdinlida jandarm tekshiruv  nuqtasidagi  askarlarga qarata  o’q uzdi  ortidan esa 5 tonna ortilgan yuk mashinasi bilan hujum qildi. PKKlik terroristning qilgan  hujumida 10 nafar askar shahid bo’ldi, 11 nafari askar 27 nafar yaralandi.

Sabah gazetasi: “ Shemdinlida xoinlik”

Turk Qurolli kuchlari operatsiyalari bilan  yo’q bo’lish arafasida bo’lgan terror tashkiloti PKK Hakkarining shemdinli hududiga hujum qildi.

Hujumda, 10 nafari askar 18 nafar shahid bo’ldi. Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, xalq tomonidan chetlangan terror tashkiloti PKK, terror tashkiloti FETO va DEASh kabi qon to’kish bilan  mavjudiyatini isbotlashga harakat qilganiga diqqat qaratdi. Bosh vazir Binali Yildirim , jiddiy ravishda kuch boy berar ekan xudkushlik jinoyatiga o’tdilar dedi. Turk qurolli kuchlari  bergan yozma bayonotida, ushbu hujumda,  cho’kish arafasida bo’lgan va  buzilgan ahvolini  yaxshilash uchun bunday  xoinona hujumga murojaat qildi dedi.  

Star gazetasi: “ Iroq to’pi bilan Bashikaga hujum”

Terror tashkiloti PKKning Hakkari Shemdinlidagi xoinona hujumidan bir necha soat so’ngra boshqa bir  terror tashkilot DEASh, Iroq qo’shinidan qo’lga kiritgan to’p bilan Iroqning Mosul shahridagi Turk harbiy lageri Bashikaga hujum qildi. Turk qurolli kuchlari tomonidan darhol javob berishi bilan terror tashkiloti pozitsiyasi yo’q qilindi. DEAShga oid uchuvchisiz vositasi stinger raketasi bilan urib tushirildi.

Vatan gazetasi: “Dunyodagi eng  sog’lom papka”  

Adolat  vaziri Bekir Bo’zdag’, 26-27 oktabr kunlari orasida,  Gulenning  Fetullahchi terror tashkiloti to’da boshchisi (FETO) Fetullah Gulenni qaytarib berishi bilan tegishli uchrashuvlar o’tkazish uchun Amerika qo’shma shtatlar  (AQSh)ga borishlarini aytdi.

Bo’zdag, qaytarib olish papkasi dunyodagi o’rnaklar bilan muqoyasa qilinganda “ eng sog’lom papka” ekanini ta’kidladi. Jurnalistlarning Anqara namoyandalari bilan uchrashgan Bo’zdag’, AQShning Pensilvanya shtatida istiqomat qilgan Fetullah Gulenning Turkiyaga qaytarib berishi mavzusidagi jarayonga doir muhokama qildi. Qaytarib berish qarori   haqiqatda sud masalasi bo’lmagani diqqat qaratgan Bo’zdag’, AQSh boshqaruvi istagan taqdirda mahkamadan aksi jihatdan qaror chiqmaydi.

Haber Turk Gazetasi” Energiya to’qnashuv emas tinchlikning manbasi bo’la oladi”

Energiya va tabiiy boyliklar vaziri  Berat Albayrak, kecha Istanbulda boshlagan 23- jahon energiya kongressi uchun “ tinchlikka” urg’u berdi. Albayrak, “energiya diplomatiyaning asosiy, energiya manbalari to’qnashuv emas tinchlikning  manbasi bo’la oladi. Umid qilamizki global hissadashlar bu yerda “ tinchlik uchun bahamlashish masalasiga katta hissa qo’shadi” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk , #Matbuot , #Sharhlari , #Turkiya , #gazeta

Aloqador xabarlar