Matbuot sharhlari 06.10.2016

Bugungi gazetalardan xabarlar...

584164
Matbuot sharhlari 06.10.2016

                      

Xabar turk gazetasi, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari va hukumat kotibi Numan Kurtulmush Iroq majlisini Turkiya kuchlariga nisbatan olgan qarori tufayli qoralaganini yozdi.

Ma’lum bo’lganidek, kuni kecha Iroq majlisi Turkiyaning Bog’doddagi elchisini chaqirib, nota berdi va Turkiya kuchlarini ishg’olchi kuch sifatida baholash to’g’risida qaror oldi.

“Beshika hududida turk askarini muhokama qilishlariga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-deya ta’kidlagan Numan Kurtulmush, Turkiya Iroq va Suriyaning tuproq butunligini saqlash jihatidan zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarganiga e’tibor qaratdi.

Eslatma: Beshika tumani Iroqning Musul shahriga 12 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, u yerda turk askari xizmat o’tamoqda.

 

Hurriyat gazetasi, Iroq majlisi avvalgi kuni Beshika tumanida xizmat o’tagan turk qo’shinini mamlakatdan chiqib ketishi xususida qaror olganini yozdi.

Bunga doir ovozalar keng tarqalib borayotganini yozgan gazeta, Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmushning: “Iroq bunchalik parchalarga bo’linar ekan, u yerda tinchlikni o’rnatishga harakat qilgan turk askariga hech kimning qarshilik ko’rsatishga haqqi yo’q”,-deya ta’kidlaganini yozdi.

Sabah gazetasi, konstitutsiya mahkamasining a’zolari Rejai Akyel va Yusuf Shevki Hakyemezning qasamyod marosimiga qatnashgan Konstitutsiya mahkamasi rahbari Zuhtu Arslan 15 iyul voqealariga nisbatan xalqaro davlatlar kerakli e’tiborni ko’rsata olmagani haqida fikr bildirganini yozdi.

Zuhtu Arslan Turkiyada favqulodda holatning uzaytirilishi bir zarurat ekanini tilga oldi.

Vatan gazetasi, Turkiya Idoralar va Birjalar birligi mezbonligida dunyodagi taniqli investitorlar va tashabbuskorlar Istanbulda to’planishini yozdi.

Shu yilning 6-10 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan faoliyatga 63 davlatdan 1000 ga yaqin vakil ishtirok etadi.

Yeni shafak gazetasi, Turkiya Anka texnologiya universiteti bilan Ukrainadagi Harkov Texnik universiteti o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ikki davlat universiteti shartnoma asosida mahalliy tank va vertolyot motorlarini loyihalashtirish jarayoniga hissa qo’shadi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #xabar , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar