Matbuot Sharhlari 04.10.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

582861
Matbuot Sharhlari 04.10.2016

Vatan gazetasi: “Birlashgan Millatlar Tashkilotida, doimiy a’zolar soni 20 taga chiqsin”. Xalqaro Fan va texnologiya konferensiyasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilishi to’g’risida gapirgan Prezident Rajap Tayyip Erdogan, BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zosi sonining 5 tadan 20taga chiqishini tavsiya qildi. Prezident kengashdagi 10 ta a’zo davlatning ikki yilda bir o’zgarishi natijasida 193 ta a’zo davlatning navbat bilan doimiy a’zo bo’lish imkonini qo’lga kiritajagini ta’kidladi. Turkiya olaroq bu muammoni hal qilish uchun “Dunyo 5dan kattadir” deya o’z e’tirozlarini bildirishni davom ettirajaklarini belgilab o’tgan Prezident Erdog’an, dunyo tinchligi haqidagi qarorlarning 5 a’zo davlatning qaroriga bog’liq ekanligining qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini, dunyodagi adolatsizlikni bartaraf qilish uchun tashkil etilgan BMTning bugungi kunda yetarli darajada, o’z vazifasini bajarolmaganligini qayd etdi.

Haberturk gazetasi: “Turkiyaning Pentagoni”. Hukumat, Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi ortidan harbiy tashkilotlar o’rnini o’zgartirish haqida qabul qilgan qarorini bajarish uchun o’z faoliyatini boshlatdi. Milliy razvedka tashkiloti uchun Anqaraning Etimesgut tumanida qurilgan yangi bino o’rin olgan mintaqa “xavfsizlik shaharchasi” bo’ladi. Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi bosh bo’lish bilan birga Milliy Mudofaa vazirligi va quvvat qo’mondonliklari nomi tilga olingan mintaqada joylashadi. Xavfsizlik tashkilotlari, o’z faoliyatlarini bitta markazdan boshqaradi.

Hurriyet gazetasi: “Turklarning nimalar his qilganligini tushunolmadik”. Amerika rahbariyatining 15-iyul to’ntarish tashabbusiga bergan javobini tanqid qilganlar orasiga AQSh hukumatining yuqori martabali rasmiylaridan biri Philip Gordon ham qo’shildi va “AQShning, to’ntarishni unchalik ham e’tiborga olmasligi yuzasidan o’zini, AQSh tomonidan xiyonatga uchragandek his qilgan turklarning nimalar his qilganligini tushinishda muvaffaqiyatli bololmadik” dedi. Gordon, rahbariyatning, turklar boshdan kechirgan jarohatni to’g’ri baholay olmaganligini ta’kidladi.

Sabah gazetasi: “PKK terror tashkilotining kanali Fransiyada to’xtatildi”. PKK terror tashkilotining kalanali Fransiyada to’xtatildi. Kanal, Fransiyaning Eutelsat sun'iy yo'ldosh operatori tomonidan kecha Turkiya vaqti bilan soat 11:00da to’xtatildi. Eutelsatga oid Hotbird sun'iy yo'ldoshi orqali bundan 3 yil oldin o’z faoliyatini boshlagan tashkilot kanali, Eutelsat firmasi tomonidan, ma’lum qoidalarga muvofiq xizmat berishi borasida avval ham 2 marotaba ogohlantirilganligi ma’lum bo’ldi.

Yeni Shafak gazetasi: “Jahon chempionlari”. Turkiya, Peruda bo’lib o’tgan  Taekvondoning “pumse” yo’nalishi bo'yicha X jahon chempionatida 16ta medalni qo’lga kiritib dunyo miqyosida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Jahon Tekvando federatsiyasi (WTF) tomonidan poytaxt Limada uyushtirilgan musobaqada dunyoning 55 davlatidan 760 kishi ishtirok etdi. Turkiya nomidan 36 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqani turk sportchilari 5ta oltin, 4ta kumush va 7 ta bronza medal bilan yakunladi. Turkiya umumjamoa hisobida Janubiy Koreya ortidan ikinchi o’rinni qo’lga kiritib katta muvaffaqiyatga imzo chekdi.

 



Aloqador xabarlar