Matbuot sharhlari 03.10.2016

Bugungi gazetalarda chop etilgan muhim yangiliklar...

581732
Matbuot sharhlari 03.10.2016

 

Yeni shafak gazetasi Turk Qurolli Kuchlarining DAISh kabi terror tashkilotlarining davlat tinchligiga tahdid solishini bartaraf etib, mintaqa xavfsizligini ta’minlash va koalitsiya kuchlariga yordam berish maqsadida 24 avgust kuni boshlagan Avfrat qalqoni operatsiyasi vositasida DAISh Turkiya chegarasidan tozalanganini yozdi.

Suriyalik muxoliflar 960 km kvadratni o’z ichiga olgan maydonda nazoratni butunlay qo’lga oldi.

Bu hudud uzunlik jihatidan Turkiyaning taklifi bo’lmish xavfsiz hududni o’z ichiga olgani Turkiyaning bu loyihadagi amaliy rejasi sifatida mulohaza qilinmoqda.

Hurriyat gazetasi, “Vazirlar kengashi saroyda to’planadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Vazirlar kengashi bugun Prezident R.T.Erdog’an boshchiligida prezidentlik saroyida to’planadi.

Majlisda Milliy Xavfsizlik kengashining favqulodda holat muddatini yana 3 oyga uzaytirish to’g’risidagi taklifi muhokama qilinadi.

Shuningdek, ichki va tashqi o’zgarishlar bilan bir qatorda, 15 iyul voqealaridan so’ng, mamlakat bo’ylab Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash jarayoni va bunga doir olingan chora-tadbirlar, yangi rejalar ko’zdan kechiriladi.

Fathulloh Gulen harakati, PKK, PYD/YPG kabi ekstremist guruhlar va DAISh kabi terror tashkilotlariga qarshi kurash bilan Evfrat qalqoni operatsiyasi ham Vazirlar kengashidagi dolzarb masalalardan biri sifatida muhokama qilinadi.

Sabah gazetasi, “Dunyoning energiyasi Turkiyada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, shu yilning oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkaziladigan 23-Jahon energetika kongressiga sanoqli kunlar qoldi.

9-13 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan kongress Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Energetika vazirligi mezbonligida amalga oshiriladi.

Kongressga 80 davlatdan jami 250 dan ortiq vakilning qatnashishi kutilmoqda.

Gazetaning yozishiga qaraganda, Turkiya bundan 40 yil oldin ya’ni 1977 yili ushbu mavzudagi kongressga mezbonlik qilgan edi.

Vatan gazetasi, “Quyosh energiyasi uchun milliard dollarlik investitsiya” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Koniya shahrida qayta ishlab chiqariladigan energiya manbai maydonlari doirasida quyosh energiyasidan oqilona foydalanishga  qaratilgan tender o’tkaziladi.

Noyabr oyida o’tkazilishi rejalangan tenderda 1.5 mlrd dollarlik investitsiya kiritilishi nazarda tutilgan.

Ming megavat hajmga ega bo’lgan ushbu loyiha Turkiyaning eng katta quyosh energiyasi loyihasi hisoblanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #xabar , #gazeta , #matbuot , #yangilik

Aloqador xabarlar