Matbuot sharhlari 27.09.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

577894
Matbuot sharhlari 27.09.2016

    

Yeni shafak gazetasi, “PKK-DAISh hamkorligi fosh qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, terror tashkiloti DAISh bilan PKK/PYD o’rtasidagi hamkorlik aloqasi fosh qilinganini yozdi.

Gazetaning yozishicha, Suriyaning Rakka shahri yaqinlaridagi Suluk shaharchasida YPG bilan DAISh terror tashkilotlari o’zaro asir almashtirdi.

Bu jarayon birinchi marta amalga oshirilmadi. PYD/PKK va DAISh terror tashkilotlari o’rtasida bir yil ichida jami 7 marta asir almashtirildi.

Gazeta bundan tashqari, ba’zi dalillarga asoslanib, Fathulloh Gulen harakati bilan DAISh o’rtasida aloqa borligini yozgan edi.

Fathulloh Gulen harakati bilan aloqador bo’lgan bir maktabning direktori Ug’ur Pehlivanog’lu DAISh tarkibida harbiy guruh tuzganini xabar qilgan edi.

Sabah gazetasi, “Turkiya shahidlarini yodga oldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Fathullohchilar tomonidan sodir qilingan 15 iyul voqealarida shahid bo’lgan turklar Istanbul va Antaliyada yodga olindi.

17-Antaliya xalqaro pianino festivali doirasida o’tkazilgan konsert dasturida Manolo Carrasco sahnaga chiqdi.

Carrasco Antaliya kongress markazida bo’lib o’tgan konserti chog’ida pianinoni chalishdan to’xtab, muxlislari huzuriga keldi.

“Navbatdagi kuyimni Turkiyada demokratiya yo’lida shahid bo’lgan insonlarga bag’ishlayman”,-degan Carrasco “Mamlakatim” kuyini chaldi.

Uning surprizidan ta’sirlangan muxlislari san’atkorni olqishladi.

Star gazetasi, “Yevrosiyo Boat Shou boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada dengizchilik sohasidagi eng katta tadbirlardan biri bo’lgan “CNR Yevrosiyo Boat shou 2016 Xalqaro dengiz vositalari, texnikalari va aksesuarlari yarmarkasi” o’z ishini boshladi.

Bu yil har yilgidan farqli ravishda dengizda tashkil qilingan yarmarka kecha oliy martabali davlat arboblarini kutib oldi.

Yarmarka bugun xalqqa o’z eshiklarini ochdi.

2016 yilda ishlab chiqilgan yaxtalar, qayiqlar, poroxodlar, yelkanli kemalar bilan bir qatorda, bu sohaga tegishli bo’lgan aksesuarlar yarmarkada namoyish qilinmoqda.

Yarmarka davomida 300 dan ortiq dengiz vositasi sotuvga chiqarildi.

Yarmarkaga 35 ming kishining tashrif buyurishi kutilmoqda.

Xabar turk gazetasi, “Yevropada porlagan turk futbolchilar” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Yevropadagi ligalarda to’p surgan turk futbolchilar bu hafta o’z mahorati bilan ko’z qamashtirdi.

Manchester City klubi tomonidan Gollandiyaning Twente klubiga o’tkazilgan Enes Unal muvaffaqiyatini 7 haftadan beri davom ettirmoqda.

Twentening Vitesseni 2-1 hisobida mag’lub etgan  matchda 19 yoshdagi mahoratli  futbolchi jami 5 ta musobaqada raqin darvozasiga jami 6 ta go’l urib, go’l qiroliga aylandi.

Fransiyaning Metz futbol jamoasida to’p surgan Mevlud Erdinch esa, 6 ta go’l urdi.

Barselonada o’ynagan Arda Turan bilan Yunus Malli haftani bittadan go’l bilan yakunladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #sharh , #matbuot , #Turkiya , #xabar

Aloqador xabarlar