Matbuot sharhlari 23.09.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

575651
Matbuot sharhlari 23.09.2016

      

Yeni shafak gazetasi “Erdog’andan Bidenga ibratli so’z” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Amerikaning PYDga homiylik qilganini tanqid qilgan Turkiya Prezidenti Erdog’an, Amerika Prezidenti o’rinbosari Joe Bidendan Amerika askarlari Kobanida PYDga qurol tarqatganini so’radi.

Erdog’an “Bundan xabarim yo’q”,-deb javob bergan Joe Bidenga “Mening xabarim bor. Kobanida terroristlarga uchta samolyotda qurol tashladingiz. Qurollarning yarmi DAIShning qo’liga o’tdi, yarmi PYD terroristlariga tegdi. Bu vaziyat juda achinarli holat edi”,-deya e’tirozini ifoda etdi.

“Terroristning yaxshisi yoki yomoni bo’lmaydi”,-deya ta’kidlagan Erdog’an: “Shuni aytmoqchimanki, siz boshqa terror tashkiloti bilan til biriktirsangiz, PYD va YPG bilan DAIShni bartaraf etishingizni taxmin qilasiz, lekin bu rejangiz amalga oshmaydi. Chunki ular ham terror tashkilotidir. Al Nusra ham DAIShga qarshi kurashmoqda, lekin ularni yaxshi emas, yomon deysiz. Lekin, YPG va PYDni qo’llab quvvatlaysiz. Buni tushuna olmadım”,-dedi.

Xabar turk gazetasi, “Fathulloh Gulen Turkiya bilan Amerika munosabatlariga zarar berishi mumkin” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi orqasida Fathulloh Gulen harakati turganini aytgan prezident Erdog’an, Turkiya bilan Amerika o’rtasidagi aybdorlarni ekstraditsiya qilish shartnomasini eslatdi.

Erdog’anning aytishicha, Amerika Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilishi yoki qamoqqa olishi, hech bo’lmaganda mediaga intervyu berishini ta’qiqlashi kerak.

Amerikaning bunga e’tiborsiz yondashganini tanqid qilgan Erdog’anning aytishicha, Amerika hamon Turkiyaning bu mavzudagi talabiga javob bermadi, Amerikaning bu munosabati bir kun kelib o’zaro aloqalarga putur yetkazadi.

Sabah gazetasi, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Nyu-Yorkda 4 trillion dollar bilan ish qilgan investitorlar bilan uchrashganini yozdi.

Erdog’an investitorlar bilan suhbat olib borar ekan, “To’ntaruv tashabbusi moliyaviy sistemamizning kuchi bilan davlat iqtisodiyotiga zarar bera olmadi. Tezda oyoqqa turdik”,-deya ma’lum qildi.

Uchrashuv chog’ida, investitorlar Turkiya ishonchli davlat ekanini  tilga oldilar.

Citibank: “15 iyul voqealari Turkiyaga salbiy ta’sir ko’rsata olmadi. Ichki bozor tezda o’zini tiklab oldi”,-dedi.

First Republic Bank: “Kuchli Turkiya vizioni yo’lida Erdog’an bizga ilhom manbai bo’ldi”,-dedi.

Coca colaning Turkiyadan mas’ul bosh direktori Muhtar Kent: “To’ntaruvga qarshi kurashgan xalqning bir farzandi bo’lganim uchun faxrlanaman”,-dedi.

Star gazetasi, “15 iyul voqealari stenariya emas, haqiqatdir” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Nyu-Yorkda demokratiya anjumanida so’zga chiqqan Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdog’an do’st va hamkor davlatlarning Fathullohchi terror tashkilotiga nisbatan e’tiborsiz yondashganini tilga oldi.

Emine Erdog’an barchani fikrlashga chaqirib: “Bu kabi holat Amerikada sodir bo’lsaydi, vaziyat qanday bo’lardi”,-dedi.

Emine Erdog’an: “Fathulloh Gulen harakati xalqni chalg’itmoqda. F-16 jangovar samolyotlar xalqning ustiga bomba tashlagani fil’m stenariyasi emas. Bu voqea haqiqatdir”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya , #xabar

Aloqador xabarlar