Matbuot Sharhlari 08.09.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

567894
Matbuot Sharhlari 08.09.2016

Yeni Shafak gazetasi: “Rakka harakatga iliq ko’z qarashdamiz”. 15-iyul kungi voqea ortidan 4-marotaba Prezidentlik qarorgohida o’tkazilgan Vazirlar kengashi yig’ilishi ortidan bayonot bergan Nurettin Janikli, AQSh bilan birgalikda Rakka harakatiga iliq ko’z qarashda ekanligini aytdi. Janikli, “Bu, AQSh Prezidenti Barack Obamaning talabi edi. Prezidentimiz ham bu fikrni maqulladi. Mavzu haqidagi texnik uchrashuvlar davom etmoqda” dedi.

Sabah gazetasi: “PKK bilan FETO-ning to’ntarish tashabbusidagi hamkorlikgi”. FETO bilan PKK terror tashkiloti o’rtasidagi aloqa va 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi doirasidagi ittifoqga aniqlik kirituvchi muhim ma’lumotlar qo’lga kiritila boshladi. Ana shulardan biri 17-avgust kuni Van viloyat politsiyasi, 2-aprel Markaziy Politsiya boshchiligi bilan Viloyat Milliy politsiya idorasiga qarshi bomba yuklangan mashina orqali uyushtirgan hujum oqibatida yarador ravishda qo’lga tushirilgan PKK terror tashkiloti a’zosining ifodasida o’zini ko’rsatdi. Terrorist o’z ifodasida: “15-iyul kuni to’ntarish bo’lishi haqida bizga ma’lumot berildi. Shunga ko’ra biz o’z ishimizni to’xtatdik. Rejalar amalga oshmagach takror o’z faoliyatimizni davom ettirdik” dedi. Xavfsizlik kuchlari va razvedka, to’ntarishga tashabbus qilingan 15-iyul kuni PKK terror tashkilotining faoliyatsiz kun kechirganligini va buning sababini izlashtirilar ekan PKK a’zolari bergan ifodalarining to’g’ri chiqqanligini ma’lum qildi.

Haber Turk gazetasi: “900 million liralık xavfsizlik loyihasi”. HAVELSAN Bosh direktori Hamdi Atalay, 15-iyul kungi voqea ortidan yana-da muhim o’ringa ega bola boshlagan HAVELSAN-ning; ichki va tashqi tahditlarni, terrorga qarshi kurashlarda va yurt kelajagiga ijobiy hissa qo’sha oladigan yirik loyihalarini e’lon qildi. Turkiya boylab Shahrni xavfsiz ravishda boshqaruv tizimi loyihasining uzluksiz davom etganligini aytgan Atalay, 900 million liralık loyiha doirasida Turkiyaning to’rt burchagida zamonaviy kameralarning joylashtirilajagini aytdi. Ushbu kameralar orqali, Turkiyaning Kapikule viloyatidan kirgan bir kishini Hakkarigacha kuzatish mumkinligini aytgan Hamdi Atalay kameralarning siymo tanish xususiyatining ham borligini qayd etdi.  

Vatan gazetasi: “Kizilirmak Deltasi UNESCO ro’yhatga kiritildi”.   Samsun shahar hokimi Yusuf Ziya Yilmaz Turkiyaning eng muhim sersuv mintaqasi hisoblangan Kizilirmak deltasining kecha UNESCOning Jahon merosining vaqtinchalik ro’yhatiga kirilganligini ma’lum qildi. Kizilirmak deltasida 478 ta qush turining borligi aniqlandi. Kizilirmaq deltasi boshqa qush jannatidan o’zining har yili farqli qushlarni o’zida mujassam etishi bilan ajralib turadi.   

 

 



Aloqador xabarlar