Matbuot sharhlari 28.06.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

519869
Matbuot sharhlari 28.06.2016

 

Vatan gazetasi: “Juma kuni G’azoga kema yo’lga chiqadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya bilan Isroil 6 yil oradan so’ng takror munosabatlarni tiklashga muvaffaq bo’lganini yozdi.

Gazetaning yozishicha, juma kuni gumanitar yordam ortilgan yuk kemasi G’azoga tomon yo’lga chiqadi.

Yuk kemasi Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi nazoratida Mersin portidan Isroilning Ashdod portiga jo’nab ketadi.

Kemada g’azolik bolalar uchun kiyim-kechak, hayit bayramida bolalarga sovg’a sifatida 10 mingdan ziyod o’yinchoq, un, guruch va 3 ming tonna shakar mahsuloti jo’natiladi.

Sabah gazetasi: “Milliardlik loyihalar takror ishga tushadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Isroil bilan Turkiya o’rtasida imzolangan bitim energiya, mudofaa va qurilish sektorini rivojlantirishini yozdi.

Isroil tabiiy gaziga qiziqqan firmalarning birjadagi hissalari kecha go’yo uchdi desa ham bo’ladi.

Isroil bilan aloqalar yaxshilangach, sharqiy O’rta Yer dengizida mavjud bo’lgan tabiiy gazni Turkiya orqali Yevropa bozoriga olib chiqish mumkin.

Shuningdek, turk qurilish shirkatlari uchun Isroilda katta hajmda turli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari, ikki davlat o’rtasida mudofaa va aviatsiya sohalarida katta ishlar amalga oshiriladi.

Ikki davlat o’rtasida Moviy Marmara hujumidan so’ng to’xtab qolgan 150dan ortiq mudofaa loyihalari mavjud. Ushu yangi davr ikki davlat o’rtasidagi turizm sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Yeni shafak gazetasi: “Dunyoning eng saxiy davlati Turkiya” sarlavhasi bilan bergan xabarda, dunyoda har yili ko’rsatilgan insonparvarlik yordamlarning sxemasini tuzgan tashkilotlar global gumanitar yordam hisobotini e’lon qildi.

Turkiya 2015 yili milliy daromadining 0.37%ini gumanitar yordamlarga ajratdi va bu bilan yana bir marta dunyoning eng saxiy davlati bo’lib chiqdi.

Turkiya 2014 yili jami 1.6 milliard dollar hajmida gumanitar yordam tarqatdi, bu miqdor o’tgan ikki barobarga oshdi. Ya’ni 3.2 milliard dollarni tashkil qildi. Turkiya tomonidan ko’rsatilgan 3.2 milliard dollarlik gumanitar yordam miqdori o’tgan yili dunyo bo’yicha ko’rsatilgan gumanitar yordamlarning 11%iga teng keladi.

Xabar turk gazetasi: “Turk jarrohga Yevropadan mukofot” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Metabolizm jarrohlik jamiyati rahbari Dotsent Dr.Alper Chelik Turkiyada tib-2 diabet kasalligini jarrohlik amaliyoti bilan davolashdagi ustun muvaffaqiyati tufayli Yevropa Endokrinologiya kongressi tomonidan “Yosh olim” mukofotiga loyiq deb topildi.

Dotsent Dr.Alper Chelik Yevropa Endokrinologiya jamiyati (ESE) tomonidan Germaniyaning Munih shahrida o’tkazilgan kongress chog’ida o’z mukofotini qabul qilib oldi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya , #sharh

Aloqador xabarlar