Matbuot Sharhlari 23.06.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

516558
Matbuot Sharhlari 23.06.2016

Sabah gazetasi: “Ikki yuzlamachi Yevropa Turkiyani tanqid qiladi Fransiyani esa qo’llab-quvvatlaydi”. Terrorga qarshi kurash uchun Turkiya olgan har bir chora-tadbirga qarshi chiqgan G’arb davlati gap Fransiya haqida borar ekan jimjirt. Parijda, kasaba uyushmalari uyushtirmoqchi bo’lgan mitingni hukumat avvalom bor man etdi, keyin esa chekladi. Namoyish va miting qonunini cheklagan bu hodisani G’arb mediyasi, Fransiya politsiyasining avvalgi qopol muomalasida bo’lganidek yana ko’rmaslikga oldi. Fransiya hukumatining namoyishlarni man etishi haqida Britaniyaning BBC axborot xizmati o’zining bosh sahifasida o’rin bergani yo’q. Guardian gazetasi internet sahifasida qisqacha o’rin berdi. AQShning CNN axborot kanali Parij haqida turistik xabarlar berishni davom ettirdi. Belgiyada ma’lumot tarqatgan Dernier Heure esa o’zining bosh sahifasida Parij haqida gapirgisi kelgani yo’q.

Star gazetasi: “PYDning muvaffaqiyatsizligi” AQSh bosh bo’lish bilan birga Rossiya bilan ba’zi NATO davlatlaridan harbiy yordam olgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD Rakka va Menbich amaliyotlarida mag’lub bola boshladi. PYD loyihasi harbiy va demokratik jihatdan duch kelgan muvaffaqiyatsizligi tufayli yechim jarayoniga kirdi. Shimoliy Suriyada PYD qatorida kurashayotgan kurdlar, tashkilotning zulum va zo’rovonliklariga qarshi bosh qoldira boshladi. Tashkilotning haqiqiy yuzi bilan tanishgan kurdlar, to’da-to’da bo’lib Shimoliy Iroqdagi Barzoniy rahbariyati yoki boshqa mintaqalarga qocha boshladi.

Haberturk gazetasi: “G’azo uchun turk loyihasi” Turkiya bilan Isroil o’rtasida 26-iyun kuni bo’lib o’tadigan uchrashuv ortidan G’azoga qaratilgan elektr energiyasi, suv, infratuzilma ehtiyojini qondiradigan muhim loyihalarning yurtilishi bugungi kunning muhim kun tartibiga aylandi. Turkiya, ko’proq jome’ masjidlarining qayta qurilishi uchun o’zining 11 ta loyihasi bilan G’azoda ish olib bormoqdalar.

Isroil G’azoga yordam olib ketayotgan Moviy Marmara kemasini xalqaro suvlarda qonli bosqin bilan to’xtatib, 9 turkni shahid qilib, ortidan Turkiyadan kechirim so’rab, konpensatsiya to’lashni qabul qilgan edi.

Turkiya undan tashqari Isroildan, G’azoga qaratilgan embargosini yengillashtirishini talab qilgan edi.

Yeni Shafak gazetasi: “Turksat internetni sun’iy yo’ldoshga bog’ladi”. Turksat, o’tgan yili kosmosga yuborilgan Turksat 4B ustidan Turksat Net markasi orqali internet xizmati bera boshlamoqda. Bu orqali shaxta va qurilish maydonlari kabi qishloq infratuzilmasiga ham internet xizmati taqdim etiladi. “Turksat Net” markasi orqali kosmos ustidan tez va arzon internet taqdimoti ta’minlanib, kichik vositalar orqali jonli efirlar olib borish imkoni beriladi.  

Vatan gazetasi: “Hayit bayramiga atab chegirmali xaridlar boshladi”. Haridorlarga Outlet narxlaridan ham arzon narxlarda savdo qilish imkoni bergan va hayitga atalgan bayramona savdo kuni Istanbuldagi CNR EXPO Yeshilko’yda boshladi. Haridorlarning har qanday ehtiyojini arzon narxda va bir bozorning o’zida ta’minlashni ko’zda tutgan yarmarkada kiyim-kechakdan kosmetik ashyosigacha, sovg’a-salomdan shirinliklargacha har qanday sifatli maxsulotlar sotiladi. Qariyb 200dan ortiq firma ishtirok etadigan yarmarkaga, 1 million ziyoratchining kelishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar