Matbuot Sharhlari 21.06.2016

Yeni shafak Gazetasi: “  xarita bilan brifing”

515090
Matbuot Sharhlari 21.06.2016

Yeni shafak Gazetasi: “  xarita bilan brifing”

Vazirlar mahkamasi, Prezident Rajab  Tayyib  Erdo’g’an rahbariyatida yana bir bor Prezidentlik kulliyasida yig’ildi. Bosh shtab rahbari Qo’shin generali Hulusi Akar birinchi o’rinda bo’lib tegishli qo’mondonlar va xavfsizlik tashkiloti boshqaruvchilari, terror tashkilotiga qarshi kurash mavzusida rahbarlarga ma’lumot berildi. Terror bilan kurashda kelingan  oxirgi  nuqta, xaritalar ustida batafsil ma’lumot berildi.

Operatsiyalar yakunlangan yerlarda yuritilgan inshoot  va qaytadan qurish bilan vazifador vazirliklarning faoliyat sohalari borasida  ma’lumot berildi.

Vatan gazetasi: “ Putin qora olmosni sotmoqchi”

Rossiya federatsiyasi, iqtisodiy inqirozlarga yechim topish maqsadi bilan eng qiymatli shirkati hisoblangan Rosneftni rekord narx bilan sotishga tayyorlanmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Moskvaga qarashli neft shirkati Rosneftning 19.5 foizini sotish maqsadida Xitoy va Hindiston bilan uchrashmoqdalar.

Sabah gazetasi: “ Merkel sanksiyaning bekor qilinishi  Minskga bog’liq”

Germaniya  Bosh  vaziri Angela Merkel, Yevropaning  Rossiyaga  qarshi tatbiq etayotgan  sanksiyalar faqatgina Moskvaning Ukraina bilan  Minsk bitimini    to’liq tatbiq  etgan taqdirda  bekor qilinadi deb aytdi.

Merkelning voizi Steffan Seiert qilgan izohida, “ Sanksiyalar, Rossiyaning ushbu majburiyatlarni  butunlay bajo keltirilgan taqdirda bekor qilish mumkin” deb, o’tgan oy o’tkazilgan G-7 sammitida olingan qarorlarga qanday bir uslub bilan  ta’qib etishini ham eslatdi.

Seibert, “ Rossiyaning tashlagan qadamlar  buni  majburiy qilsa, bu Rossiyaga tannarxini orttirish uchun  qo’shimcha  to’lovlarni olishga tayyormiz” dedi.

Haberturk gazetasi: Linkedhnda ish qidiradi”

Noyabr oyida o’tkaziladigan prezidentlik saylovining ortidan 2017 yili boshida lavozimni topshiradigan AQSh prezidenti Barak Obama, Taxminan yetti oydan keyin  o’zimga ish qidiraman va bundan juda ham xursandman. ( Ish olamdagi shaxslar boshqa kishilar bilan aloqa tuzish va ma’lumot olish maqsadi bilan  faoliyat yuritgan ijtimoiy tarmog’ platformi) Linkedln  hisobi ochib va  bunda  meni nimalar kutmoqda ko’raman” dedi.

Hurriyat gazetasi: “ Ani Xaroba joyi, UNESCO jahon meros ro’yxatiga nomzod”  

O’tmishi 5 ming yilga  taqalgan Ani Xaroba yeri, UNESCOning Jahon meros tarixiy ro’yxatida olinishi uchun madaniyat va turizm vazirligi faoliyatga o’tdi.

Vazirlik, UNESCOga taqdim etish uchun 2 kun  muddati bilan Ani Xaroba yerini  tasvirga  tushirish uchun Karsga 5 kishidan tashkil topgan mutaxassis bir guruh yuborildi.

 Tanituv film va fotosuratlar, hujjatli film  shaklida tayyorlangandan so’ngra Fransiyada, UNESCO Jahon tarixiy ro’yxat kengashiga taqdim etiladi. Kengashdagi muhokamaning ortidan Ani Xaroba yeri  jahon  tarix ro’yxatida  o’rin olib olmasligi avgust oyida ma’lum bo’ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Sharhlari , #Gazeta , #Turkiya , #Jurnal

Aloqador xabarlar