Matbuot sharhlari 20.06.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

514573
Matbuot sharhlari 20.06.2016

 

Yeni shafak gazetasi Ankara, Denizli va Adanada olib borilgan operatsiyalarda xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga olingan terror tashkiloti PKKning 3 ta boshlig’i terrorchilik harakatlarini sodir qilish uchun Turkiyada qanday tayyorgarlik ko’rganini birma-bir aytib berganini yozdi.

Ularning aytishicha, terror tashkiloti chet davlatlardagi lagerlarda ta’lim olgan 287 terroristni Turkiyaning katta shaharlariga razvedka uchun jo’natgan.

Ma’lum bo’lishicha, terroristlar 14 shaharga portlovchi modda ko’mib tashlagan va u yerda o’q-dori zaxirasini tashkil qilgan.

Vatan gazetasi, Suriyada yuzaga kelgan ichki urush sababli vatangado bo’lgan qochqinlarga o’z eshigini ochgan Turkiya, Xalqaro qochqinlar kuni munosabati bilan xalqaro hamjamiyatga hitob qilganini yozdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya 2011 yildan beri 2.7 milliondan ortiq suriyalik qochqinga mexr-shafqat ko’rsatdi. Ularni qabul qildi. Iroq va Afg’onistondan kelgan qochqin soni bilan birga bu raqam 3 millionga yaqinlashdi.

Hurriyat gazetasi, mashina g’ildiraklari ishlab chiqargan “Pirelli” italyan firmasi Pirelli industriya g’ildiraklarining tijoriy vositalar bo’limini Turkiyaga ko’chira boshlaganini yozdi.

128 davlatni o’z ichiga olgan markazning bazasi Istanbulda joylashadi.

Xabar turk gazetasi, “Fransiya namoyish ta’qig’ini muhokama qilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Fransiyada yangi mehnat qonuniga qarshi mamlakat miqyosida ish tashlash namoyishlari davom etar ekan, İjtimoiy partiya hukumati namoyishlarni ta’qiqlashni rejalashtirganini ma’lum qilganini yozdi.

Fransiya Prezidenti va Bosh vazirining mavzuga doir izohlaridan so’ng, mamlakatning ilg’or ishchi uyushmalaridan Umumiy mehnat konfederatsiyasi bosh rahbari Filip Martinez 23 va 28 iyun kunlari qonunga qarshi bosh ko’tarishlarini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #matbuot

Aloqador xabarlar