Matbuot Sharhlari 13.06.2016

Bugungi turk matubotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

509702
Matbuot Sharhlari 13.06.2016

Yeni Shafak gazetasi: “AQShdagi dahshatli qonli voqea 50 kishining umriga zomin bo’ldi”. Amerika Qo’shma Shtatlari kecha, o’z tarixining eng qonli voqeasiga guvoh bo’ldi. Amerikaning Florida shtati, Orlando shahrida avtomatik qurol bilan klubga hujum qilgan Umar Matin nomli bir terrorist 50 kishini o’tib o’ldirdi. Jon berganlardan tashqari 53 kishi tan jarohati oldi. Aslida afg’onistonlik bo’lgan va 29 yoshidagi terrorist, politsiya xodimlari bilan to’qnashar ekan,  politsiya xodimlari tomonidan o’tib o’ldirildi. Hujumdan oldin 911 raqamiga qo’ng’iroq qilgan Matin, DEASh terror tashkilotiga a’zo ekanligi haqida ma’lumot bergan.

Sabah gazetasi: “Iqtisodiyot tarmog’ida, muhim loyihalar yo’lga qo’yilmoqchi”. Hukumat, iqtisodiyot tarmog’ida muhim loyihalarni yo’lga qo’ymoqchi. Ushbu loyihalarga ko’ra Turkiyadan uy-joy xarid qilib olgan chet elliklarga avvalom bor Turkiyada yashash huquqi, ortidan esa Turk fuqaroligi beriladi. Bojxona ittifoqida tekshirish ishlari 2017-yili tamomlanadi. Strategik sohalarda mahalliy va chet ellik deya ajratmasdan Vazirlar kengashi qarori bilan firmalarga maxsus, energiyada narx kafolati, transport, port, uchastka kabi yengilliklar beriladi. Erondagi savdo maslahatchilari soni beshga chiqariladi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini 50 milliard dollarga chiqarish ko’zda tutiladi.  

Vatan gazetasi: “1 yilda 181 million yo’lovchi parvoz qildi”. Turkiyada 2015-yilning oxiridan e’tiboran fuqaro aviatsiyasi sektori aylanmasi 23.4 milliard dollarni tashkil etdi. Sektorga ishga qabul qilingan xodimlar soni esa 191 ming 716 nafarga yetdi. Fuqaro aviatsiyasi Bosh direktorligi hisobotiga ko’ra havo yo’lidan foydalanganlar soni 10 yil ichida 200 foizga ortib, 181.4 millionga yetdi. Havo yo’li firmalarining katta uchoqlari soni esa oxirgi 10 yil ichida 259 dan 489taga chiqdi.    

Haber Turk gazetasi: “Agentlar, iroqliklarning vizasini avvalga qaraganda 10 barobarga tez chiqarib berishni yo’lga qoydi”. Turkiya-Iroq o’rtasidagi viza rejimi tufayli Iroq konsulligida navbatda turganlar soni oxirgi kunlarda avj olar ekan tabiiy olaroq bu vaziyat Iroq fuqarolarining Turkiya safarlarini kechiktira boshladi. Buning oldini olmoqchi bo’lgan davlat, viza uchun sayohat agentliklarini ham ishga soldi. Bu doirada, Turkiya tomonidan viza talab qilingan Iroq fuqarolari agar sayohatlari, sayohatga chiqish va qaytish kunlari aniq bo’lgudek bo’lsa unda ular o’z nomlarini tur operatoriga yozidirib qo’yadi.  Tur operatorlari esa sayyohlar nomi yozilgan ro’yhatni konsullikga taqdim etadi. Ushbu taqdim ortidan konsullik, ular vizasini yana-da tez kunlarda chiqarib beradi.

Hurriyet gazetasi: “Umar Faruh Tekbilek Afinada sahnaga chiqdi”. Umar Faruh Tekbilek, Gretsiya poytaxti Afinada grek va arman musiqachilar bilan birgalikda konsert berdi. Ushbu konsertni 2500 kishi tomosha qilar ekan, konsert roppa-rosa 3 soat davom etdi. Konsertda Tekbilek, do’stlari bilan birgalikda, turk va grek tillarida qo’shiqlar kuyladi.

 

 



Aloqador xabarlar