Matbuot sharhlari 10.06.2016

Portlar ochilsa Turkiya G'azoga to'g'ridan yordam berishga boshlaydi.

508091
Matbuot sharhlari 10.06.2016

Yeni Shafak gazetasi, "Port ochilganda abmargo bekor bo'ladi" deb yozmoqda. Turkiya bilan Isroil o'rtasida "Aloqalarni tiklash" uchun muzokaralar davom etar ekan, G'azodagi Falastin Hukumati Rahbari Ismail Haniye, bergan bayonotida, "Turkiya G'azodagi ambargoni bartaraf qilish mavzusida qat'iy va mas'uliyatli harakat qilmoqda. Turkiya har tomonli haqli. Bizlar uchun eng muhim nuqta portlardir. Portlar ochilsa G'azodagi ambargo bekor qilingan bo'ladi" dedi.

Star gazetasi, "2023 yili, 2 million salomatlik sohasida turistdan 20 milliard dollar kutilmoqda" deb yoritgan. Salomatlik turizmida bemor va daromad topish jihatidan Amerika va Germaniyadan keyin dunyoda uchinchi o'rinda bo'lgan Turkiyaning 2023 maqsadi, 2 million salomatlik sohasida turist bilan 20 milliard dollar mablag' kutmoqda. Hozirgi kunda turizmdan jami 20 milliard dollar qozongan Turkiyaning to'g'ri kirishuvlar bilan salomatlik turizmini rivojlantirganini ifoda etgan Turkiya Salomatlik Turizmini Rivojlantirish Tashkiloti Rahbari va Liv hospital Bosh Koordinatori Meri Istiroti, "Salomatlik turizmi 2005 yildan beri Turkiyada rivojlanib bormoqda. Turk shifokorlarning malakali bo'lgani, oliy texnogoliya, zamonaviy shifoxonalar va sifatli xizmatlar bilan bir qatorda mehmonparvarligi bilan diqqat tortmoqda. AQShda naqt pul to'lagan bir bemorga ko'ra Turkiya, 4 barobar arzon. Yevropaga ko'ra esa Turkiyadagi narxlar yarimiga teng keladi" deb so'zladi.

Sabah gazetasi, "Aldatilgan terroristlar tashkilotdan qochib ketmoqda" deb yozgan. Iroq va Suriyada qo'lga olingan strategik nuqtalarni ketma-ket boy berishga boshlagan terror tahkiloti DEASHning, aldatib olib ketgan terroristlarning qochishiga to'sqinlik qilmagani maydonga chiqdi. Fransiya Milliy Razvetka Koordinatori Didier Le Bret, AFP xabar agentligiga bergan bayonotida, "Endi tarqalish jarayoniga o'tganliklarini biladilar. Ko'p sonda jangar biz bilan aloqaga o'tib o'lkasiga qaytmoqchi. Ko'pi esa qochish arafasida qo'mondonlari tomonidan otib o'ldirilmoqda" deb ifoda etdi.

Xabar Turk gazetasi, "Obama Trumpdan qayg'uli" deb yozmoqda. AQSh Prezidenti Barak Obama, Jumhuriyachilar nomzodi Donald Trumpni tanqid qilib "Jumhuriyatchilarning nomzodi bilan aloqali, ishini puxta bilishi kerak, ular uchun qayg'uliman" dedi.

Vatan gazetasi, "Hayajonli Turklar" deb chop etmoqda. Sportsevarlar maroq bilan kutgan Euro 2016 bugun boshladi. ING Bankasi tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlarda eng hayajonli tarafdorlar Turklar chiqdi. Yevropali tarafdorlar esa 9% jamoasini tomosha qilish uchun bir bilet uchun 200 Yevro va undan ko'p to'laganini aytar ekan bu nispat Turk tarafdorlari uchun 23 % bo'ldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar