Matbuot sharhlari 06.06.2016

Prezident Rajap Tayib Erdo'g'an 'Turkiyaning mazlumlarni qo'llab-quvvatlaganini" izohladi.

504873
Matbuot sharhlari 06.06.2016

Yeni Shafak gazetasi, "Mazlumlarni yoddan chiqarmang" deb yoritmoqda. Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Ramazon oyi mazlumlarni, bechoralarni eslash kerakligini bildirib, iftor ziyofatlarida isrof qilmaslikka chaqirdi. Ramazonning mas'ulyatlar bilan bir qatorda monaviy qadriyatlarni eslatish mavzusida ham muhim bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an, yordamlar bilan qiyin ahvolda bo'lganlar va mazlumlarning yuzini kuldirishning ramazonda ma'nodor bo'lganini izohladi. Erdo'g'an, 'och qolish emas, yuragimizni to'yirishdir. Ko'ngillar bu shakilda to'yar" dedi.

Vatan gazetasi, "Arman fuqarolarimiz Germaniyaga norozichilik ko'rsatdi" deb yozmoqda. Kastamonuda yashagan Arman asilli fuqarolar, Germaniyaning 1915 yilgi so'zda Arman da'volarini dastaklagan loyihani tasdiqlaganiga norozichilik ko'rsatdi. Armanlar, Germaniyaning bu qilmishlarini odobsizlik bo'lganini bildirib, ilgari surilgan da'volarning haqiqat bo'lmaganini foda etdi. Armanistonning Ozarbayjon tuproqlarini ishg'ol qilishini ham haqsiz deb baholagan arman asilli fuqarolar, 'Bu da'volarni biz rad etamiz. Bizning bobokalonlarimiz bu yerlarda yashadilar. Bizlar bunday narsa eshitmadik' dedi.

Sabah gazetasi, "Berat Albayraktar: "Turkiya mintaqada va dunyoda muhim bir davlat" degan so'zlariga o'rin ajratmoqda. Yosh Turkiya Sammitida so'zlagan Albayraktar, 21. asrga o'tish bilan birga dunyoda iqtisodiy va siyosiy kon'yunkturaning boshqa tomonga siljiganini, buni idrok etish kerakligini izohladi. Turkiyaning dunyoda va mintaqada muhim o'rni bo'lganiga diqqat qaratgan Albayrak, o'lkasining so'ngi 12-13 yil ichida katta muvaffaqiyat qo'lga kiritganini izohladi.

Star gazetasi, "Shahid uchuvchimizning uzri nima bo'ldi?" deb yozmoqda. Rossiya, chegarani paymol qilgani uchun uzr so'rab aloqalarni tiklashni mudofaa etmoqda, biroq Turkiyada ham terror tashkiloti PKK uchun berilgan Rus raketasi bilan urib tushirilgan vertalyotdagi ikki shahid uchuvchining uzridan bahs etilmayapti. Diplomatik manbalar, Hakkari Chukurjada bir Turk vertalyotini tushirilishi va ikki politsiya xodimining shahid bo'lishi oqibatida Rossiyaning o'z ichida, "Urib tushirilgan samolyotimiz va unda halok bo'lgan uchuvchilarimiz uchun o'ch oldim" degani diqqat tortmoqda.

Hurriyat gazetasi, "Meisdan Kashgacha tinchlik va do'stlik" deb yozmoqda. Joriy yil 12. tartiblangan Xalqaro Meis-Kash Suzish Bellashuvida 212 sportchi, Yunonistonning Meis Orolidan Antaliyaning Kash tumanigacha tinchlik va dostlik uchun quloch ochdi. O'tgan yil bellashuvda eng oliy darajaga loyiq bo'lgan sportchi Nilay Erkal, bu yil darajasini deyarli 4 daqiqa rivojlantirdi. Bellashuvda darajaga kirganlarga mukofotlari tantanali marosimlar bilan topshirildi.

 

 



Aloqador xabarlar