Matbuot sharhlari 30.05.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

500396
Matbuot sharhlari 30.05.2016

 

Star gazetasi, “Yoshlar PKKning haqiqiy yuzini ko’rdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an yoshlar terror tashkiloti PKKning haqiqiy yuzini ko’rganini va bundan buyon uning tuzog’iga tushmasligini aytdi.

Erdog’an: “Majburiy ravishda toqqa olib chiqib ketilgan yoshlar haqiqatni o’z ko’zi bilan ko’rgach, ular qo’lidan qochishga urinmoqda”,-dedi.

Prezidentning aytishicha, oilalaridan majburiy olib ketilgan va PKK qo’lida asirga aylangan yoshlarni qutqarish uchun safarbarlik boshlatilgan.

PKK terror tashkilotining qo’lida rus mahsuloti bo’lgan roketalar borligini aytgan Erdog’an bunga qarshi Turk Qurolli Kuchlari operatsiyalarni yanada kuchaytirganini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi, “Yevropalik jurnalistlar qochqinlar lagerida” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, BMT tomonidan Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkazilgan Butunjahon gumanitar sammitiga Albaniya, Bosniya-Gersegovina, Qorabog’, Kosova, Makedoniya va Serbiyadan kelgan 15 jurnalist Kilisdagi Elbeyli qochqinlar lagerida bo’ldi.

Xorijlik jurnalistlar Turkiyaning suriyalik qochqinlarga qanday quchoq ochganini va boshpana berganini o’z ko’zlari bilan ko’rishga muvaffaq bo’ldilar.

Qochqinlar uchun lagerda ochilgan rasm kurslari va boshqa ijtimoiy-madaniy faoliyatlar jurnalistlarni tuyg’ulantirdi.

Yeni shafak gazetasi, Turkiya muborak ramazon oyida butun dunyoga gumanitar yordam tarqatishini yozdi.

Turkiya Din qo’mitasi ma’lum qilishicha, Turkiya yaqinlashib kelayotgan ramazon oyida dunyo bo’yicha 88 davlatdagi muhtojlarga yordam qo’lini uzatadi.

Bu doirada muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsuloti tarqatilishi rejalanmoqda. Bundan tashqari, dunyo bo’yicha 200000 kishiga iftor ziyofati beriladi.

Ko’ngilli hayrsevarlar taxminan 8 yarim million lira qiymatida gumanitar yordam tarqatadi.

Xabar turk gazetasi, “Mersinga 2 yarim million turist keladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Mersin hokimiyati kelgusi yillarda turizm sohasida katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Diniy faoliyatlar va sport faoliyatlarini rivojlantirish uchun maxsus muassasalarning ochilishi asosiy maqsadlardan biridir.

Turizm bo’yicha ilg’or shaharlardan biri bo’lgan Mersin shahrini jahon turizmining eng muhim markaziga aylantirish maqsad qilinmoqda.

2015 yili Mersinga 536000 turist keldi va dunyo bo’yicha taniqli mehmonxonalar Mersinda o’z filialini ochish uchun turli loyihalarni taklif qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta , #sharhlar

Aloqador xabarlar