Matbuot sharhlari 26.05.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

498140
Matbuot sharhlari 26.05.2016

          

Sabah gazetasi Turkiyada yangi saylangan bosh vazir Binali Yildirim boshchiligidagi 65-hukumat o’z faoliyatini boshlaganini yozdi.

Yangi tuzilgan vazirlar kengashining dastlabki yig’ilishi Prezident R.T.Erdog’an boshchiligida bo’lib o’tdi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tgan yig’ilish davlatning prezidentlik sistemasiga o’tish jarayonida ichki va tashqi jamoaga berilgan ogohlantiruv sifatida mulohaza qilindi.

Mazkur yig’ilishdan ko’rinib turganidek, yangi davrda hukumat ichida o’zaro moslik va hamjihatlik hukmron bo’ladi.

Yeni shafak gazetasi, “Tarixiy ochilish” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirim shanba kuni Diyarbakirga safar qilishini yozdi.

Diyarbakir aeroportida qurilgan yangi stansiyasining ochilishiga tashrif buyuradigan Erdog’an bilan Binali Yildirim terrorizmga qarshi kurashga e’tibor qaratadi.

Prezident Erdog’anning terrorizmdan katta zarar ko’rgan Durumlu hududiga borib, xalq bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ikki yil oldin qurilishi yakunlangan yangi stansiya orqali Diyarbakirdan xorij davlatlarga havo safarlari yo’lga qo’yiladi.

Star gazetasi, “Fraqiyaning tabiiy gazi 2017 yilning mart oyida chiqa boshlaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyaning energiya bo’yicha chetga to’beligini kamaytiradigan muhim loyihalardan biri yaqinda hayotga tadbiq etilishini yozdi.

Chanakkale viloyatidagi stansiyada ishlab chiqilgan tabiiy gaz yaqinda quvur tarmoqlariga quyila boshlaydi. U yerdan chiqarilgan tabiiy gazdan tijoriy maqsadlarda foydalanish jarayoni 2017 yilning mart oyida yakunlanishi nazarda tutilmoqda.

BOTAShning tarqatish tarmoqlariga quyiladigan gaz Turkiya-Yunoniston tabiiy gaz quvur tarmog’iga ulanadi.

Turkiya natijada xorij davlatlardan tabiiy gaz import qilish hajmini kamaytiradi.

Vatan gazetasi, Turkiya idoralar va birjalar birligi rahbari Rifat Hisarjikog’lu: “Yilning dastlabki choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2015 yilning ayni davrida 5.6%dan oshdi. Xitoy va Hindistonni hisobga olmasak, bunday muvaffaqiyatni dunyo bo’yicha uchratish qiyin. O’tgan yili iqtisodiy rivojlanish nisbati 4%ga oshdi. Joriy yilda bu raqamni yanada yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilyabmiz”,-deya ta’kidlaganini yozdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #sharhlar , #Turkiya

Aloqador xabarlar