Matbuot sharhlari 24.05.2016

Turkiya insonlik vazifasini a'lo shakilda bajarmoqda.

496736
Matbuot sharhlari 24.05.2016

Yeni Shafak gazetasi, "Turkiya insonlik uchun darvozalarini yopmaydi" deb yozmoqda. Prezident Rajab Rayib Erdo'g'an, 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarining ishtirogida kurraviy insoniy yodam sistemasini muhokama qilgan Dunyo Insonlik Sammitida, 'O'n minglab yosh bola hayotini yuqotgan bir sistemada katta kamchiliklar bor" degan so'zlari bilan BMTni islohot o'tkazishga chaqirdi. Turkiyaning mushkul ahvolda bo'lganlarga yordam berishini ifoda etgan Erdog'an, 'kim bo'lishidan qat'iy nazar, eshiklarimizni muhtoj bo'lganlarga yopmaymiz' dedi. Erdo'g'an, dunyoda eng ko'p ko'chmanchiga bosh pana bergan Turkiyaning xalqaro jamaotchilikda kerak bo'lgan dastak va yordamlarni ko'rmaganini takidladi.

Star gazetasi, "AQSh bilan Rossiya o'rtasida 'kashfiyot samolyoti' mavzusida taranglik" deb yozirmoqda. AQShga oid RC-135 samolyotining 22-May kuni Yaponiya Dengizi ustida kashfiyotlar o'tkazar ekan ko'ringani bildirildi. AQShning Moskva favqulodda elchiligida xizmat qilgan harbiy maslahatchisining bu mavzu bilan aloqali Rossiya Mudofaa Vazirligiga bergan bayonotida, "Uchrashuvda, bunga o'xshash voqealarning qaytarilmasligi uchun chora-tadbir olish kerakligiga diqqat qaratildi" deb ifoda etildi.

Sabah gazetasi, "HDPli deputatlarga xalq norozichilik ko'rsatdi" deb yozmoqda. Terror tashkiloti PKKdan tozalangan Diyarbakirning Sur tumanida insonlar, terror tashkilotidan uzoq turmagan HDP li deputatlarga norozichilik ko'rsatdi. Insonlar, 'nima uchun bu yerga kelayapsizlar, sizning yuzingizdan 6 oydan beri uyimizga kira olmaymiz' deb HDPlilarinng tumandan zudlik bilan ketishini istadi. Xalq HDPlilarga uylarimiz boshimizga yiqildi deb qarshi chiqdi.

Vatan gazetasi, "Turkiya bilan Ukraina, vizasiz sayohat muddatini 90 kunga chiqardi" deb yozmoqda. Turkiya bilan Uraina o'rtasida, 90 kungacha erkin sayohat mavzusida kelishdi. Bu doirada Turkiya bilan Ukraina o'rtasida siyosiy, iqtisodiy va turizm sohasida chuqur aloqalar o'rnatib ikki xalqni yaqlashtirmoqda.

Hurriyat gazetasi, "Turkiyada 40 yoshdan kichik CEOlar soni ortib bormoqda" deb yozgan. Turkiyaning yirik shirkatlarida CEOlar o'rinlarini yangi avlodlarga topshirganlar soni ortib bormoqda. Oila shirkatlaridagi valiahdlar bilan bir qatorda malakali boshqaruvchilar ish dunyosida tezda cho'qqalarga chiqgan nuqtada yoshlar  ham ortdi. 2025-yil mehnat kuchining jami 75 %tashkil etishi hisoblangach, bugun 40 yoshni o'tmagan CEOlarning mahsulotlar, xizmatlarni rivojlantirish va iste'molchi mavzusida yana ham ochiq bo'lishi tahmin etilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar