Matbuot Sharhlari 20.05.2016

Adolat va taraqqiyot partiyasi  bosh vazirlik uchun, 1994- yilidan beri Prezident Erdo’g’an bilan birgalikda faoliyat olib borgan Binali Yildirimni  bosh rahbar nomzodi qilib ko’rsatdi.

494442
Matbuot Sharhlari   20.05.2016

Sabah gazetas “ Bayroq  22  yillik do’stiga”

Adolat va taraqqiyot partiyasi  bosh vazirlik uchun, 1994- yilidan beri Prezident Erdo’g’an bilan birgalikda faoliyat olib borgan Binali Yildirimni  bosh rahbar nomzodi qilib ko’rsatdi.

Turkiyani rivojlantirgan marka loyihalarda imzosi bo’lgan Yildirim, qilgan tashakkur ma’ruzasida muhim bayonotlar berdi. “ Asoschi rahbarimiz, liderimiz, birinchi o’rinda bo’lib barcha do’stlarimiz bilan moslikda faoliyat qilamiz” dedi. Bosh rahbar nomzodi  bergan bayonotlarining  ortidan dastlabki safarini Diyarbakirga uyushtirgan Yildirim, so’zlagan nutqida

Bu nuqtada “ do’stligimizni  buzishga kimsaning kuchi yetmaydi. Vatanimiz bo’lishga tashabbus qilganlar, ma’sum insonlarni  o’ldirganlar  natijada eng shiddatli shaklda javobini oladi” dedi.  

Star gazetasi “ Ish muhiti Yildirimni to’liq himoya qildi”

Transport, dengizchilik va kommunikatsiya Vaziri Binali Yildirim Adolat va taraqqiyot partiyasi bosh rahbari nomzodligini ish olami to’liq himoya qildi.

Yildirim vazirligi bo’yicha amalga oshirgan  faoliyatlarga ishora qilgan ish olami, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik davom etadi deb bildirdilar.  

Yangi Shafak gazetasi “ Istanbul insoni sammitga tayyor”

Turkiya, Birlashgan millatlar tashkiloti  tarixida ilk marotaba uyushtiriladigan BMT jahon insoni sammitga mezbonlik qiladi. Sammit o’tkaziladigan Istanbulda xavfsizlik chora- tadbirlari eng yuqori saviyada olindi. Sammitda 5 ming politsiya xodimi vazifa olib boradi. Bombani yo’q  etish mutaxassislari va politsiya vertolyotlari tayyor bo’ladi. Otaturk aeroportida kutib olinadigan  prezidentlar va mehmonlar uchun maxsus tartibotlar olindi.

Sammit sababli 24 maygacha Istanbuldagi ba’zi yo’llar berkitildi va guzargohlar o’zgartirildi.

Haberturk gazetasi” Sanjar, Nobel mukofotini Otaga armug’on qildi”

Prof. Dr. Aziz Sanjar, 2015- yili Nobel ximiya mukofotining medal va sertifikatini, Prezident  Rajab Tayyib Erdo’g’an ham  ishtirok etgan marosim bilan, yodgorlik qo’mondonligiga taqdim etdi. Sanjarni Nobel ximiya mukofotini olgani tufayli shaxsi va millati  nomidan tabrik etganini ifoda etgan Erdo’g’an, “Ushbu medalning  yodgorlik qabrda namoyish etilishi yoshlarimiz uchun  va kelajak uchun muvaffaqiyat ishorasi deb  ko’raman  va  yana  ham Nobel mukofotlar  olishga ishonchim komil dedi. Bu jihati bilan  ushbu mukofot bizga guyo bir yo’l xaritasi deb   ma’lum qildi.

Juda ham minnatdorman” dedi.  

Aziz Sanjar ham, “ Ushbu medalni   bu yerga  taqdim etib, Otaturkga va Otaturk  Otaturk qurol do'stlariga, Turkiya respublikasini  barpo etganlarga  vafo burjimizni  to’ladim va ushbu fursatni berganlari uchun Ollohga shukur qilaman” deb ifoda etdi.  

Hurriyat gazetasi” Turk kinofilmlari Niderlandiyada”

Niderlandiya va Turkiya kinofilm ishqibozlarini uchrashtirishni maqsad qilib olgan Qizil lola kinofilm festivali, 27- Mayda Rotterdamda boshlaydi.  

Festival 4- İyungacha zamonaviy  Turk kinosida tanlangan kinofilm, hujjatli kinofilm va qisqa filmning  namoyish etilishi  bilan bir qatorda, panel, foto ko'rgazmalar, konsertlar kabi turli faoliyatlar ham bo’lib o’tadi. Festivalda “ Hayot bo’yi mukofot” aktrisa Hulya Ko’chyigitga, “ Qizil lola ustozga hurmat mukofoti” esa    rejissor O’zjan Alperga beriladi.

 

 



Aloqador xabarlar