Matbuot Sharhlari 16.05.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

491720
Matbuot Sharhlari 16.05.2016

Yeni Shafak gazetasi: “Turk xavfsizlik kuchlari, DEAShning qurol omborxonalarini topdi”. DEASh terror tashkiloti, Suriya rejimi va Rossiya o’rtasidagi qurol va o’q-dori oldi-berdilari va fotosuratlari hujjatlashtirildi. DEASh terror tashkiloti, Halabning shimolida qurol va o’q-dori topladi. Rejimga oid qurollar, hech qanday to’siqsiz qo’lga kiritildi. Yuk tashuvchi mashinalarga yuklangan qurollar Asad rejimi, Eron, Rossiya va Xalqaro koalitsiyaning ko’zlari oldida 200 kmdan ortiq masofani bosib o’tdi. Roppa-rosa 48 soat davom etgan ekspeditsiya, Halabning shimolida joylashgan xavfsiz mintaqaga qarshi hujumlarda foydalaniladi.  

Vatan gazetasi: “Ayoq kiyimlar ostiga portlaguvchi modda joylashtirilgani aniqlandi”. Turkiyaning Mardin viloyati, Nusaybin tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyot yuritilar ekan tagiga portlaguvchi modda joylashtirilgan oyoq kiyimlar topildi. Buni payqagan xavfsizlik kuchlari tekshiruvdagi uyda topilgan bombali oyoq kiyimlaru va boshqa barcha portlaguvchi moddalarni nazoratli ravishda portlatdi.

Hurriyet gazetasi: “Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya o’rtasidagi harbiy hamkorlik yana-da kuchaymoqda”. Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Mudofaa vazirlari kecha Ozarbayjonning Gabala shahrida, yangi harbiy hamkorlik davrini boshlatish uchun qo’shimcha deklaratsiyaga qo’l qo’ydi. Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya Mudofaa vazirlarining to’rtinchi yig’ilishi ortidan Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Ismet Yilmaz bayonot berdi. Ismet Yilmaz o’z bayonotida Kavkaz tuproqlarida Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya o’rtasida kun o’tgan sayin mustahkamlashib borayotgan bu hamkorlikning, nomi tilga olingan 3 davlatning ham foydasiga xizmat qilgan bir mexanizm ekanligin ta’kidladi. Ismet Yilmaz, Armaniston-Ozarbayjon to’qnashuvi va Tog’li Qorabog’ muammosiga ham to’xtalar ekan, “Armaniston hujum, urush va ishg’ol siyosatini davom ettira olmaydı. Hujumchilik va ishg’ol siyosati dunyoning hech qaysi davlatida, hech kimni, hech qanday yutuqga erishtirgani yo’q” dedi.  

Sabah gazetasi: “Oradan 68 yil o’tishiga qaramay umidlar uzilmadi”.G’azoda ko’plab falastinlik, buyuk falokatning 68-yilligida miting uyushtirdi. Mitingda ishtirok etgan falastinliklar, “Albatta qaytamiz” va “Kurash va birdamlik qaytish yo’lidir” deb yozilgan lozunglar bilan chiqdilar. Fetih markaz qo’mitasi a’zosi Zekeriya al-Og’a, “1948-yili ko'chirilgan tuproqlarimizga qaytish haqqiga ega ekanligimizni ta’kidlamoqchimiz” dedi. Falastinliklar, 1948-yilning 14-mayi kuni Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlarida mustaqilligini e’lon qilishi va falastinliklarning ko’chib ketishga majbur qilinishi tufayli 15-mayni “Buyuk falokat” deya yod etilmoqda.      

Haber Turk gazetasi: “Kannda terakt tashvisihi”. Butun dunyo yulduzlari ishtirok etgan film festivali davom etgan Kannda, bir internet firmasi tomonidan liqobli kishilar tomonidan amalga oshirilgan tanishtirish kompaniyasi ishtirokchilarning tashvishlanishiga yo’l ochdi. Fransiya internet firmasini tanishtirish kompaniyasi uchun liqobli va qora bayroq ko’targan 6 kishi, dengizdan qayiq orqali kelib dunyo yulduzlari ham joylashgan mehmonxona qirg’og’iga keldi. Mehmonxona mehmonlari qirg’oqqa kelgan liqobli kishilarning kiyim-kechaklarini ham xudkush nimchasi deb o’ylar ekan, bu vazziyat tashvishga yo’l ochdi. Keyinroq esa liqobli kishilarning aktyor, qo’lidagi bayroqlarning esa firma lavhasi ekanligi ma’lum bo’ldi.



Aloqador xabarlar