Matbuot sharhlari 14.03.2016

Bugungi gazetalardan sharhlar...

450556
Matbuot sharhlari 14.03.2016


Yeni shafak gazetasining bugungi bosh sahifasida berilgan xabar Ankaradagi qonli terror hujumiga bag'ishlangan.

Terror tashkilotlari Ankarada tinch aholining joniga qasd qilmoqda. Poytaxtning qoq markazi Qiziloyda insonlar ishdan shoshib uylariga ketayotgan mahalda bomba portladi. Bomba ortilgan mashina avtobus bekatida ketma-ket to'xtab turgan avtobuslarning yonida portlatildi. Bomba joylashtirilgan mashinani boshqargan shaxsning ayol terrorist ekani aniqlandi. Portlashning sodir bo'lishini poylab turgan yana bir terrorist xavfsizlik xodimlari tomonidan tintuv qilingani aniqlandi.

Star gazetasi, “PKK terror tashkilotiga a'zo ayolning barmog'i topildi" sarlavhasi bilan bergan xabarda, Ankaradagi qonli terror hujumidan so'ng, voqea joyida olib borilgan tekshiruvlarda parchalangan inson barmog'i topilganini yozdi.

Gazetaning yozishicha, bu barmoq 2015 yili terror tashkiloti PKKga a'zo bo'lgan bir ayolga tegishli ekani aniqlandi.

Ankaradagi portlashning 1 erkak va 1 ayol terrorist tomonidan sodir qilingani aytilmoqda.

Iddaolarga ko'ra, bomba joylashtirilgan mashinani erkak terrorist boshqargan va ayol terrorist esa, navbatdagi portlashni sodir qilish niyatida voqea joyida yashirinib turgan, lekin birinchi portlashda halok bo'lgan. Shu sababli terrorist ayol yonidagi bombani portlatishga ulgurmagan.

Xabar turk gazetasi, “Terroristlar Ankaradagi terror hujumiga Iroq va Suriyada tayyorgarlik ko'rgan" sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya xavfsizlik tashkilotlari Turkiyaning Sur, Idil va Nusaybin tumanlarida katta zarba olgan terror tashkiloti Navro'z arafasida Turkiyani portlatishga tayyorgarlik ko'rayotgani aniqlanganini yozdi.

Ohirgi haftalarda bomba joylashtirilgan 6 ta mashina vositasida hujum sodir qilinishi to'g'risida xabar tarqalgan edi va asosan sharqiy va janubi sharqiy territoriyalarda bu mashinalar qidirilayotgan edi.

PKK terror tashkiloti Iroq va Suriyada mashinaga bomba joylashtirib, Turkiyaga jo'natgani tahmin qilinmoqda.

Sabah gazetasi, terror tashkiloti 5 oy ichida 3 marta Turkiyani portlatganini yozdi.

Amerikaning Turkiyadagi elchixonasi 11 mart kuni o'z fuqarolarini ehtimoliy terror hujumiga qarshi ogohlantirgani muhokama qilinmoqda.

Mamlakat miqyosida 20 atrofida mashinaning nomerlari xavfsizlik tashkilotlariga tarqatilib, ehtimoliy hujumga qarshi tayyor turishi talab qilingan edi.

Amerika elchixonasi internet sayti orqali o'z fuqarolarini ogohlantirgan edi.


Tanlangan kalimalar: #turk , #matbuot , #gazeta , #Ankara , #portlash

Aloqador xabarlar