Turk matbuotidan 10.12.2015

Turk matbuotidan yangiliklar

405339
Turk matbuotidan 10.12.2015

Yeni Akit gazetasi mahalliy san’atkorlarga milliy mukofot
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Prezident Kulliyasida uyushtirilgan “ Prezidentlik madaniyat va san’at buyuk mukofoti marosimida so’zlagan nutqida, “ Bugun bu yerda mukofotlarini oladigan shaxslar, “ mahalliy va milliy” deb qat’iylik bilan ta’kidlashimizning sababi o’z sohalarida mumtoz kishilar bo’lishidir. ” deb ifoda etdi. Erdo’g’an, kinofilm sohasida Munir o’zkul nomidan Guner O’zkulga, adabiyot sohasida Rasim O’zdeno’renga, musiqa sohasida O’rhan Genjebayga, ijtimoiy va tarix sohasida Mehmet Genchga, an’naviy san’atlar sohasida Huseyin Kutluga Madaniyat- san’at vafo mukofoti doirasida Jemil Merich nomidan Umit Merichga mukofotlari berildi.
Vatan gazetasi Inson bir oz uyaladi sarlavhali xabarda...
Germaniyada sakkiz nafar Turkning o’n nafarining o’limidan javobgar ko’rilgan Neo Natsist to’dasining hayotdagi birgina a’zosi 2,5 yildan keyin kulib ifoda berdi. Terror to’dasi NSUning a’zosi Beate Zschape, “ Jinoyatni bilardim, aytmadim, axloqan aybdorman, qurbonlardan va oilalaridan uzr so’rayman” dedi.
Zschapening advokati ifodasini o’qir ekan yonida o’tirganlar bilan hazillashdi. Yuzida pushaymonlik ifodasi yo’q edi. Bergan ifodasida jinoyatda hissam yo’q. Keyinroq o’rgandim. Biroviga oshiq edim uni boy bermoq istamadi. Uzr so’ramayman dedi.
Yeni Shafak gazetasi: Gulanga qarshi AQShda 6 aybdan da’vo ochildi.

Parallel tashkilot bilan kurash kompaniyasida xalqaro huquq firmalari Amsterdam & Partners LLP va Fox Rothschild LLP, Fetullah Gulanga qarshi AQSHda 6 aybdan da’vo ochilgani bildirildi. Amsterdam & Partners LLP shirkati boshqaruvchisi Robert Amsterdam bilan Fox Rothschild LLP shirkatidan Advokat Parik Egan, Washington milliy Matbuot Klubida matbuoti anjuman uyushtirdi. Xalqaro huquq firmalari Amsterdam & Partners LLP ile Fox Rothschild LLPning boshqaruvchilari, Fetullah Gulen haqida turli inson haqlari payomlari aybidan Gulen istiqomat qilgan Pennsylvaniada da’vo ochganini bildirdi.
Sabab Gazetasi: Rus sayyohining o’rinini 12 o’lka to’ldiradi.
Madaniyat va Turizm vazirligi, Rossiya inqirozidan so’ngra turizmda yangi yo’l xaritasi aniqlandi.
Rejaga ko’ra 1-mart 15 iyun 2016 kunlari orasida samolyotlarga berilishi rejalangan 6 ming dollarlik yoqilg’i yordami Britaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Daniya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Latviya, Estoniya, Litva va Polsha bo’lib 12 o’lkani o’z ichiga oladigan shaklda kengayadi. 3 millionlik Rus sayyoh zararini, bu o’lka bilan bir qatorda Isroil va Yaqin sharq qoplaydi dedi.
Hurriyat gazetasi: kongressda birgina adres...
Turkiya, faqatgina qum, dengiz quyosh emas tarix, madaniyat va kongress turizmi bilan atalmoqda.
Antalya, Anqara, Izmir, Bursa, Kushadasida bo’lgan kongress markazlari yil mobaynida o’nlab xalqaro kongressga mezbonlik qilar ekan, Istanbul bu mavzuda birinchi o’rinda. Istanbul 500 kishidan ziyod delegatga mezbonlik qilgan 113dan ziyod faoliyat bilan dunyoda birinchi o’rinda degan TURSAB Rahbari Basharan Uluso’y,” Kongress turizmi uchun kelgan sayyoh 2 ming 500dan ziyod xarajat qilmoqda. Bu shaklda turizm yana tez o’sadi” dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar