Matbuot sharhlari 16.09.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

350667
Matbuot sharhlari 16.09.2015


Sabah gazetasi, “Davlat arboblari mitingga qatnashadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Istanbulda nodavlat tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan terrorizmga qarshi miting yakshanba kuni soat 16:00- 19:00gacha davom etishini yozdi.
Gazetaning yozishicha, ushbu mitingga Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T.Erdog’an, Turkiya Oliy majlis raisi Ismet Yilmaz va Bosh vazir Ahmet Davutog’lu ishtirok etadi.
Oxirgi paytlarda avj olgan terror voqealarini qoralash va mamlakatda tinchlik hukm surishi uchun millionlab aholi yakshanba kuni Yenikapi miting maydonida to’planadi.
Star gazetasi, “Xorijliklar turk banklariga kredit berish uchun navbatga turdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, turk banklari kredit darajalantirish tashkilotlarining salbiy hisobotlariga qaramasdan, xalqaro bozorlardan kredit olganini yozdi.
Vakif bank va İsh banki jami 2.12 milliard dollarlik kredit olishga muvaffaq bo’ldi.
Aprel oyida 1 milliard dollardan ziyod kredi olgan Vakif bank 936 million dollar atrofida 2-kreditini olishga muvaffaq bo’ldi.
Vatan gazetasi, “Guler Sabanji dunyoning eng kuchli 25 ziyoli ayolidan biri” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Sabanji Holdingning Boshqaruv kengashi rahbari Guler Sabanji Fortune jurnali tomonidan tayyorlangan “Yevropa, Yaqin sharq va Afrika mintaqasining eng kuchli 25 tadbirkor ayoli” ro’yxatida 4-o’rindan joy olganini yozdi.
Fortune jurnali Guler Sabanji haqida quyidagilarni yozdi:
“Evro hududining kuchsizlanishi va Yaqin sharqda yuzaga kelgan krizisga qaramasdan, Guler Sabanjining mintaqa geografiyasidagi kuchi tahsinga loyiq. Sabanji Turkiyada ayolning ish olamida o’z o’rnini topishining bir isboti”-deb yozdi.
Milliyat gazetasi, ingliz ta’lim maslahatchiligi firmasi Quacquarelli Symonds tomonidan aniqlangan ilg’or jahon universitetlarining nomi e’lon qilinganini yozdi.
Bu ro’yxatda Turkiyadan Bilkent, ODTU, Bog’azichi, Sabanji va Koch universitetlari dastlabki 500 universitet orasidan joy oldi.
Yeni shafak gazetasi, Eron dunyoning eng katta 2-tuz ko’li sifatida bilingan va 90%dan ko’pi qurib qolgan Urmiya ko’lini qaytatdan to’ldirish uchun Turkiyadagi Van ko’lidan suv tashishni rejalashtirganini yozdi.
Urmiya ko’lini qayta to’ldirish komissiyasi kotibi Isa Kelanterining aytishicha, Van ko’li va Urmiya ko’lining suvi bir-biriga qanchalik mosligi tekshiriladi.
3-4 oy davom etadigan tekshiruvlardan so’ng, ikki davlat o’rtasida texnik va siyosiy muzokaralar o’tkaziladi.
Bunga 6 milliard dollar pul ajratildi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar