Matbuot sharhlari 05.09.2015

374852
Matbuot sharhlari 05.09.2015

Xabar Turk gazetasi, "IMF Rahbari Lagarde: Insonligimizni yuqolganining rasmi" deganini yozmoqda. B-20 Turkiya Konferensiyasida, Bodrum sohilida topilgan jonsiz badani dunyoda sado yaratgan 3 yoshdagi Aylan Kurdining tasfiri dahshatga soldi. IMF Rahbari Lagarde, 'Sohilga suruklangan bolaning rasmi, balki insonligimizni yuqotganmizni ko'rsatmoqda" der ekan, Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu ham, 'Bu insonning vijdonini qiynaydigan hodisa' deb ifoda etdi.

Star gazetasi, "Tinchlikni o'rnatishning eng yaxshi yo'li bir-biriga bog'li iqtisodiyotdir" deb yozgan. B-20 konferensiyasida so'zlagan Bosh Vazir Davutog'lu, 'Iqtisodiyot, tinchlik uchun eng yaxshi yo'l. Lekin iqtisodiy pasayish, siyosiy va insoniy inqirozning ham sababidir" dedi. 

Yeni Shafak gazetasi, "Mutaxassislar kurraviy tabiiy ofatlar borasida ogohlantirdi" deb chop etmoqda. So'ngi 50 yilning eng kuchli kurraviy atmosfera hodisasi 'El Nino' borasida ogohlantirgan Istanbul Texnik Universitetidan Professor Orhan Shen, El Nino ta'sirli bo'lgan yillarda havolar isinib, sel, bo'ron kabi tabiiy ofatlar ko'payadi, qurg'oqchilik ortadi. Barcha hududga ham o'z ta'sirini ko'rsatishini ifoda etdi.

Vatan gazetasi, "Turk shifokor Angliyada muhim kitob yozdi" deb chop etgan. 3 nafari Turk, 1 Amerikali 4 shifokor tomonidan tayyorlangan "Yangi infeksiya kasalliklari: Kilinik faoliyatlar" sarlavhali kitob, Ingliz Tabiblar Birligining Yilning Tib Kitobi Mukofotida "Xalq salomatligi" kategoriyasida birinchi bo'ldi. BMA tomonidan har yil Londonda tartiblangan mukofot marosimiga ishtirok etish uchun Angliyada bo'lgan Koch Universiteti Tib Fakultetidan Professori O'nder Ergo'nul, Turkiyaga xalqaro mukofot keltirgan kitob bilan aloqali ma'lumot berdi.

Milliyat gazetasi, "Ertug'rul Tirilish" Yevropada namoyish etiladi. Yevropa Media Birligi tomonidan 13-14 Sentabr kunlari orasida Germaniyaning poytaxti Berlinda bo'ladigan "Tajriba sohasida Turiyadan qatnashadigan TRTning reyting rekordi o'rnatgan Dirilish Erdtug'rul serialining kelajakga Yevropa kanallarida namoyish etilishi kutilmoqda.

Milliyat gazetasi, "Buyuk jamoalar faoliyatda" deb yozmoqda. Turk jamoasi bugun boshlanadigan 39- Yevropa Basketbol Chempionatining Berlindagi guruh matchida, Islandiya, Ispaniya, Serbiya va Italiya bilan bellashadi. Milliy jamoa bugun Italiya bilan bellashadi. Bellashuv Turkiya soati bilan 22:00 da boshlanadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar