Matbuot Sharhlari 03.09.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

342285
Matbuot Sharhlari 03.09.2015

Xaber Turk gazetasi:”Turkiyaga, faqatgina iyul oyining o’zida 5.4 million nafar sayyoh keldi”.
Bu yilning iyul oyida Turkiyaga kelgan chet ellik ziyoratchilar soni o’tgan yilning ayni davriga ko’ra 5.10 foizga ortdi. Madaniyat va turizm vazirligi internet sahifasida ma’lum qilinishicha “2015-yilning iyul oyidagi chegaradan o’tgan-ketganlarning statistikasi” ma’lumotiga ko’ra yilning ilk 6 oyida Turkiyaga kelgan ziyoratchi soni o’tgan yilning ayni davriga solishtirganda 2.37 foizga kamayib 17 million 54 ming 631 nafar bo’ldi.

Yeni Shafak gazetasi: “57 milliardlik kapital tayyor”.
Xitoy iqtisodiyotidagi pasayishlar tufayli ortgan global noaniqliklarga aralashgan Turkiya, “Ishonchli port” xususiyati ila investitsiyalarga e’tiborlarni qaratishni davom ettirmoqda. Bu yilning ilk yetti oyi ichida investitisiya miqdori 56.9 milliard lirani tashkil etgan jami 2 ming 724 investitisya rag'batlantirish sertifikati tayyorlandi.

Sabah gazetasi: “Investitision bank mablag’lari sharoiti susaymoqda”.
2000-yildan beri investitision bank sonida kuzatilgan kamayish Banklarni tartibga solish va nazorat qilish tashkilotlarini ishga soldi. Tashkilot xususiy sektorlarning e’tiborini o’ziga jalb etish uchun 300 million dollarni tashkil etgan minimum to’langan sarmoya shartini susaytiradi.

Vatan gazetasi: “New Yorkdagi 15-yil marosimi”.
Turkcellning New York bozoridagi 15-yilligi 1-sentabr seshanba kuni o’tkazilgan birjani yopish marosimida nishonlandi. A’naviy marosimda yopilish bongini Turkcell Boshqaruv kengashi raisi Ahmet Akcha choldi. Akcha “NYSE”da ilk bo’lishning g’ururi faqat bittayu-bitta bo’lishning qayg’usi bor. Bu birjaga yana ko’plab turk firmalari kirishi kerak” dedi.

Milliyet gazetasi: “Tomoshabinlarim Istanbulda istiqomat qiluvchi insonlardir”.
14-Istanbul Bienali 5-sentabr kuni ochiladi. Ushbu bienali Istanbuldagi eng keng makonga yoyilgan, eng ko’p san’atchini o’z ichiga olgan va eng ko’ngilli bienali hisoblanadi. Istanbul madaniyat va san’at fondi tomonidan uyushtirilgan bienalining kecha tanishtiruv marosimi o’tkazildi. Ushbu bienalining 36 makonida, 1500 dan ortiq san’atchi mehmon qilinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar