Matbuot sharhlari 01.09.2015

Kurraviy Iqtisodiyot Istanbulda uchrashadi.

372799
Matbuot sharhlari 01.09.2015

Star gazetasi, "Kurraviy iqtisodiyot Istanbulda uchrashadi" deb yozmoqda. Istanbul Finans Yig'ilishi, 8-Sentabr kuni boshlanadi. Ikki kun davom etadigan yig'ilish iqtisodiyotda jonlanishning yo'llarini izlangani va FEDning qadam tashlashi kutilgan bir davrda muhim bir o'zgarish.

Sabah gazetasi, "Uchinchi choyrak rivojlanish uchun ijobiy havo" deb yozmoqda. Joriy yilning ikkinchi choyragida ichki talabga ko'ra avj olgan rivojlanish davom etmoqda. Asosan avtomobil sektorida tashqi tijorat kamchiligining Iyul oyi, Mart oyidan beri birinchi marotiba ko'tarildi.

Yeni Shafak gazetasi, "ASELSAN Rossiyada" deb yozmoqda. Rossiyada uyushtirilgan xalqaro havochilik va sun'iy yo'ldosh ko'rgazmasida ASELSANga katta qiziqish ko'rsatildi. 50 o'lkaga eksport amalga oshirgan ASELSAN ko'rgazmada Rus Rosoboronexport firmasi bilan boshqa o'lkalarga mahsulot sotish mavzusida kelishdi. ASELSAN dunyoda ilk 50 orasiga kirishni mo'ljallamoqda.

Xabat Turk gazetasi, "Birja Istanbul va DMCCC tijoratni rivojlantiradi" deb yozmoqda. Dubayning Erkin Hududi DMCC bilan Borsa Istanbul, o'zaro tijoriy aloqalarni rivojlantirish uchun kelishuv tuzdi. Tomonlarning o'zaro tijoriy aloqalarni rivojlantirish va bozorga kiradiganlar uchun qo'shimcha a'zolik xizmatlari kiritish maqsadi bilan tuzilgan kelishuv, TMCC va egalariga topshiriladi.

Vatan gazetasi, "Turk uchuvchining muvaffaqyati" deb yozmoqda. AQShda bo'lgan NATO havo safari talimgohida uchuvchilik o'qigan Havo Kuchlari Uchuvchisi Bug'ra Baldan, uch sohada birinchilikni qo'lga kiritib mukofotlarni oldi.

Baldan, 2015- yili 14 -Avgust kuni AQShli Laughlin Havo Bazasida uyushtirilgan marosim bilan uchuvchi bo'ldi. Turk Havo Kuchlari tomonidan 2012 yilidan beri har yil 6 Turk uchuvchi nomzodi Euro-NATO Joint Jet Pilot Training Dasturi doirasida AQShgata'limi olish uchun yuborilmoqda.

Hurriyat gazetasi, "Qatarda Muhtasham asr ko'rgazmasi" deb yozmoqda. 60 dan ziyod o'lkada namoyish elilgan 'Muhtasham asr', Istanbulda ochilgan ko'rgazma "Muhtasham Asrning ihtishomi", endi esa chet elda. Ko'rgazmaning bir bo'limi, Qatarda muxlislari bilan uchrashadi. Ko'rgazma, 12-16-Dekabr kunlari orasida o'tkaziladi.

Milliyat gazetasi, "Venetsiya kino ko'rgazmasi" deb chop etmoqda. Turkiyadan Emin Alpernig 'Qurshov', festivalida katta mukofot olgan Oltin Aslon uchun 21 film orasida. Bellashuvda jurilik qiladigan Alfonso Cuaron boqshchiligidagi juri Nure Bilge Jeylan ham joy olmoqda. Nobel sovrini Orhan Pamukning Gunohsizlik Mezuyiga qaratilgan Ingliz asar Grante Gee boshqargan hujjatli film "Xotiralarning gunohsizligi" esa festivalning Venetsiya Kunlari bo'limida namoyish etiladi. Senem Tuzun asari 'Ona Yurd', eng yaxshi ilk film mukofoti ma'nosiga kelgan mukofotga nomzod.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar