Matbuot Sharhlari: 30.08.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

371698
Matbuot Sharhlari: 30.08.2015

Yeni shafak gazetasi: “Bu yil 4 foizga ko’tarilamiz”.
Iqtisodiyotdan mas’ul Bosh vazir o’rinbosari Jevdet Yilmaz Turkiyaning rivojlanish grafigining keyingi davrda yuksalajigini aytdi. Ba’zi xalqaro iqtisodiyotchilar tomonidan Turkiyadagi hukumatni susaytirish maqsadida maxsus politikalar yuritilayotganligiga e’tibor qaratgan Jevdet Yilmaz Turkiyaning iqtisodiy, siyosiy va demokratik sohalarda ishonch bahsh etgan davlat ekanligini ta’kidladi.

Milliyet gazetasi: “Turkiyadan dunyoga bahsh etilgan 75 meros”.
Turkiyaning 15 ta madaniy va tabiiy boyligi UNESCO dunyo meros ro’yhatiga kiritilgan. 60 ta asar esa vaqtinchalik ro’yhatda o’rin olgan. Turkiyaning eng muhim boyligi hisoblangan “Selimiye” nomidagi jome masjidi, “Nemrut” tog’i, “Divrig’i ulu” nomidagi jome masjidi va “Efes” nomidagi qadimiy shahri kabi 75 boylikning yozuv va fotosuratlari sentabr oyida “Turkiyaning Harikalari” deb nomlangan kitob orqali kitobxonlarga taqdim etiladi. Ushbu kitobda Turkiyaning madaniy va tabiiy boyliklari haqida batafsil ma’lumotlar o’rin olgan.

Xaber turk gazetasi: “Tohma darasi shifo markazi”.
Malatyaning Darende tumanidagi Tohma darasi ichidagi Kudret hovuzining, bir yilning har bir mavsimidagi o’zgarmas 22 santigrat issiqligi va oltingugurtli suvi, jilt kasalligidan tashqari romatizm kasalligiga ham foydali. Tohma darasiga sayyohlarning qiziqishi judayam katta. Hovuz chiroqlar bilan yoritib qoyilganligi uchun sayyohlar unga kechasi ham kirish imkoniga egalar. Mintaqaga kelgan sayyohlar “bunday ajoyib hovuz, dunyoning boshqa hech qaysi yerida yo’q” deyapdilar.

Sabah gazetasi: “Shamol turbinasi Yevropaning ko’zini qamashtirdi”.
Istanbul Adolat saroyining tomiga elektrik energiyasi ishlab chiqarish maqsadida qurilgan shamol turbinasi Parijda o’tkaziladigan texnologiya anjumaniga taklif qilindi. Anjumanda loyiha tanitiladi. Anjumanda Airbus va IBM kabi dunyoga mashhur firmalar o’rin olgan 28 loyiha ishtirok eta oladi. Shamol turbinasi elektr energiyasi tasarrufi jihatidan muhim loyihalardan hisoblanadi.

Star gazetasi: “Italiyalik moda dizayneri, turk ayoliga maqtov yog’dirdi”.
Sharon Stone, Naomi Campbell kabi mashhur supermodellarning kiyimlarining modelini ishlab chiqaruvchi italiyalik mutaxassis Gai Mattiolo turk ayoliga “mag'rur, ciddiy, ko'rkam” degan so’zlarla maqtov yog’dirdi. Oxirgi yillarda modaning nufuzli diyoriga aylangan Istanbul, mashhur moda dizaynerini mehmon qiladi. Mattiolo, “2016 Kuz-Qish” yangi modellari bilan tanishtiradi. Mashur moda dizayneri Turkiyaga kelish sababining turk ayollari ekanligini aytdi. Mattiolo turk ayoli haqida “Ayol kishiga xos, latofatli bo’lishni yaxshi bilgan, nazokatli ayollardir “deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar