Matbuot shahrlari 29.08.2015

Turkiya Livandagi masalaga yechim topadi.

371395
Matbuot shahrlari 29.08.2015

Star gazetasi, "Livandagi tarangikka Turkiya yechim topadi" deb yozmoqda. Livan bosh vaziri Temmam Selam, o'lkada siyosiy taranglikka sabab bo'lgan chiqindi masalasiga yechim topish uchun bosh vazir Ahmet  Davutog'lugaga qo'ng'iroq qildi. Yordam talabidan keyin Turk mutaxassislar Bayrutga borishga tayyorlanmoqda.

Sabah gazetasi, "Iroq bilan ikkinchi bahor" deb yozmoqda. Turkiyaning eng buyuk eksport borozlaridan Iroq bilan tijoriy aloqalar yangi bosqichda. Qayta vujudga kelgan Turk-Iroq Ish Kengashining faoliyat dasturi belgilandi. Turkiyaning ikkinchi eksportchi bozori bo'lgan Iroq bilan Dekabr oyidan e'tiboran o'zaro ziyoratlar boshlanadi. Daslab Iroqda puli bo'lgan inshoot shirkatlarining mablag'i ta'min etiladi. Keyinchalik Irpq-Turkiya Erkin Tijorat Huddi tashkil etiladi. So'ngi bosqichda esa har ikki o'lka o'rtasida ko'rgazma va faoliyatlar ortadi.

Xabar Turk gazetasi, "Qatar bilan hamkorlik orttiriladi" deb yozmoqda. Birja Istanbul va Qatar Birjasi o'rtasida, hamkorlikni yuqori darajaga ko'taradigan shartnoma imzolandi. Dohada imzolangan, uzoq muddatli hamkorik negizi yaratadigan kelishuv mutaxassislar va ma'lumot bahamlashishni ham o'z ichiga olmoqda.

Yeni Shafak gazetasi, "Turkiyaning kredit balini Yaponiya tasdiqladi" deb yozmoqda. Yapon Kredit Datajalantiruv Tashkiloti, Turkiyaning 'BBB-' saviyasidagi kredit balini tasdiqladi. Tashkilotdan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiyaning bali sus bo'lgani bildirildi.

Milliyat gazetasi, "Turk Dizaynerdan ko'chma boshpana" deb yozmoqda. Turk dizayner Hakan Gursu qurgan Desinnebis firmasi, tabiiy ofatlardan zarar ko'rgan insonlar uchun boshpana ishlab chiqarishga boshladi. Tashqaridagi o'zgarishlardan muhofaza etgan boshpanalar jabr ko'rganlar uchun yaxshi bo'ladi.

Hurriyat gazetasi, "Futbolning yangi eksportchisi Turkiya" deb yozmoqda. 9-Iyun kuni boshlagan 31-Avgust kuni yakunlanadigan transfer mavsumida joriy yil Turk jamoalari kun tartibida. Dunyoda eng ko'p futbolchi sotgan ilk 10 o'lka orasidagi Turkiya, chet elga sotgan futbolchilar bilan 68 millon Yevro daromad topgan. Chet elga futbolchi sotgan Fenerbahche esa rekord o'rnatar ekan, Beshiktash va Burspor ham bu mavsum eng ko'p daromad topganlar boshida.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar