Matbuot Sharhlari 20.08.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

335204
Matbuot Sharhlari 20.08.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Chet ellik banklar Turkiyada faoliyat ko’rsatmoqchi”.
Bank faoliyatini tartibga keltirish va nazorat qilish tashkiloti raisi Mehmet Ali Akbanning aytisihcha chet ellik investorlar turk bank tarmog’iga judayam qiziqadilar. Shuning uchun ham ko’pchilik banklar bizning bank bozorlarimizga kirishni xohlaydilar.

Star gazetasi: “Moliyaviy tashkilotlarning jami aktivlari 88.6 milliard lirani tashkil etdi”.
Moliyaviy institutlar uyushmasi raisi Usmon Zeki O’zger moliyaviy ijara shartnomasi, faktoring va moliya sektorining 30-iyun 2015-yildan e’tiboran jami aktivining, 2014-yilning ayni davriga solishtirganda 26.6 foiz ortish bilan 88 milliard 615 million liraga yetganligini aytdi.

Xaber Turk gazetasi: “Metro Market Turkiya 4 tarmoqda 5 ta Xalqaro biznes mukofatini qo’lga kiritdi”.
Turkiyaning Metro nomidagi Ulgurji savdo faoliyati dunyoning eng muvaffaqiyatli tashkilotlarini mukofatlantirgan The Stevie Awards 2015 (Xalqaro biznes mukofatlari) tadbirida 4 tarmoqda 2 oltin va 3 bronz bo’lish bilan birga jami 5 mukofatni qo’lga kiritdi.

Metro nomidagi Ulgurji savdo faoliyati Bosh direktori Kubilay O’zerkan, “Qiymat qo’shadigan loyihalarni davom ettiramiz” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “Somunju Boboning ilohiy muhabbat safari”.
Bugungi kungacha “Yunus Emre, muhabbatning ovozidir” va “Mavlono, muhabbat raqsi” kabi filmlarni tasvirga tushirgan rejissyor Kurshad Kizbaz yangi filmida Usmoniy Davlati asos solingan davrdagi so’fiy va olimlardan biri hisoblangan Somunju Boboning hayot hikoyasini suratga olgan. Filmda Somunju Boboning yoshlik chog’laridan boshlab ilohiy muhabbatni izlashi haqida ma’lumot beriladi.

Sabah gazetasi: “Ezel shamoli Lotin Amerikada”.
O’tgan yilni 200 million dollarlik eksport bilan bekitgan turk seriallari bundan keyin shartnomalarni ham kollektiv ravishda amalga oshirmoqda. Ezel, 370 million aholiga ega bo’lgan 8 ta Lotin Amerika yurtida bir vaqtning o’zida ekranlarda, tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Holywood rejissyorlari turk seriallaridan biri Ezelning ketidan poylab yurar ekan o’tgan yili ham kinofilmning Osiyodagi ona vatani, Hindistonga borib yetdi. Bollywood, Ezelni takror suratga tushirmoqchi.

Vatan gazetasi: “Germaniyada, 2015-yilning eng yaxshi yozuvchisi turk millatiga mansubdir”.
Germaniyada, turk millatiga mansub yozuvchi Feridun Zaimo’g’li, nemis tilida chop etilgan “Eng yaxshi roman mukofati 2015”ga nomzod deb ko’rsatildi.

Yozuvchi Ferudin Zaimo’g’li, judayam ko’p taniqli yozuvchining ism-sharifi o’rin olgan 20 kishilik ro’yhatga “Yedikule-Siebentürmeviertel” deb nomlangan asari orqali kirdi. Ro’yhat Germaniya, Avstriya va Shveytsariyadagi 110 nashriyot uyida chop etilgan 167 ta roman orasidan tanlab olingan.

Xaber Turk gazetasi: “30 ta firma, forma kiyib futbol o’ynadi”.
Super liganing birinchi haftasi ortda qolar ekan bugungacha 30 ta firma forma reklamasi uchun jamoalar bilan shartnoma tuzib futbol maydoniga chiqdi. Uchta yirik jamoa bilan bugungacha 23.9 million dollarlik shartnomaga qo’l qoyilar ekan eng yaxshi performansni 11.2 million dollar bilan Fenerbahche amalga oshirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar