Matbuot sharhlari 18.08.2015

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

332113
Matbuot sharhlari 18.08.2015

Xaber Turk gazetasi: “Badavlat sayyohlarni soliqsiz olaroq o’zimizga tortamiz”.
Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Cheshme, Bodrum, Didim, Marmaris bilan Antaliyaning g’arbida badavlat sayyohlarni o’ziga tortish maqsadida mehmonxonalar, ko'ngilochar joylar va Savdo markazlari o’rin oladigan soliqsiz sayyoh erkin hududlar qurilishi haqida gapirdi. Chet elliklarga atalgan ushbu hududga mahalliy xalq ham pasporti orqali kira oladi.

Vatan gazetasi: “Uchdi uchdi Turk havo yo’llari uchdi”.
Neft narxi 50 dollarga arzonladi faqat tirbandlik tufayli havoda judayam ko’p uchib qolganligini aytgan Turk havo yo’llari kutilganning aksiga bilet narxlarini tushirgani yo’q. Turk havo yo’llarining 6 oylik foydasi 66 foizlik ortish bilan 661 million liradan ortdi.

Yeni Shafak gazetasi: “Mudafaa sanoatida buyurtma daftari to’lib qoldi”.
Mudofaa sanoatining oxirgi yillardagi muvaffaqiyati tarmoqga qaratilgan talablarda ham o’zini yaqqol ko’rsatdi. Tarmoqda o’tgan yili 11 milliard dollarlik yangi buyurtma qabul qilingan. Mudofaa sanoatida o’tgan yilning ishonchnomasining 5 milliard 101 million dollar ekanligini e’tiborga olgudek bo’lsak unda tarmoqning 2 yillik ishining buyurtma daftarida tayyor ekanligi ma’lum bo’lmoqda.

Milliyet gazetasi: “Filipinliklar e’tiborini o’ziga jalb etish uchun tayyorlanmoqdalar”.
TAV aeroportlari Holdingning ichida joylashgan konsortsium Filipinlarda o’rin olgan 5 mintaqaviy aeroportining aloqa va ta’mirlash haqqini o’z ichiga olgan buyurtnomaga dastlabki kvalifikatsiya uchun murojaat qildilar.

Hurriyet gazetasi: “5 ming yillik tarixni yoritadilar”.
Denizli viloyatining Chivril tumanida joylashgan Beyjesulton tepaligida Ege universiteti Arxeologiya bo’limi o’qituvchisi Prof. Dr. Eshref Abay rahbarligida olib borilgan qozish ishlari davom etmoqda. Oxirgi qozish ishlari chog’ida 5 ming yillik o’tmishga ega turar-joy, skelet va tuproqdan yasalgan idish-tovoqlar ham topildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar