Matbuot sharhlari 12.08.2015

Bugungi gazetalardan sharhlar...

324137
Matbuot sharhlari 12.08.2015


Star gazetasi, “Mahalliy avtomobil ishonchli va yoqilg’ida tejamkor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, yangi ishlab chiqarilgan mahalliy avtomobil mazkur oyda keng ommaga tanitilishini yozdi.
SUV modelida manzilni uzaytirish uchun qo’shimcha yangilik kiritildi.
Shu sababli Suv modellar sentyabr oyida ko’rgazmaga chiqariladi. Maxsus tajribadan o’tkazilgach, muntazam ishlab chiqarila boshlaydi.
Elektr, benzin va solyarka bilan ishlaydigan mahalliy avtomobil 100 kmda 2 litr benzin sarf qiladi.
Bular xavfsizlik bo’yicha jahon modellari bilan raqobatlashadigan kuchga ega.
Eslatma: SUV – sportga mo’ljallangan transport vositasidir.
Yeni shafak gazetasi, “Qurilishning yo’nalishi Keniyaga qaratildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, turk eksportchilar bu yil Keniyaga sarmoya kiritishga yo’nalganini yozdi.
Mamlakatda hukumatning yilda 250 ming turar-joy qurish rejasini ko’zdan kechirgan turk eksportchilar darhol harakatni boshladi.
Turk eksportchilar joriy yilning 1 sentyabr kuni Keniyaga safar qiladi.
Keniya mutahassislar nazarida 2015 yilda eng katta rivojlangan 3-davlatga aylanadi.
Vatan gazetasi, “Bu yil festival juda hayajonli o’tadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, joriy yilning 15-19 avgust kunlari Turkiyaning Bodrum tumanida Xalqaro klassik musiqa festivali o’tkazilishini yozdi.
Festival doirasida Bodrum qal’asida katta konsert dasturi o’tkaziladi.
Xabar turk gazetasi, “23 million yillik daraxt ildizi namoyish qilinadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Istanbulning Go’kcheada oroli topilgan va ildizi 23 million yil avvalgiga oid bo’lgan daraxt tanasi sentyabr oyida Zaytunyog’i zavodi qoshida ochiladigan muzeyda namoyish qilinishini yozdi.
Million yillik keksa daraxt ildizi Go’kcheadada yashagan Nusret Avji tomonidan kashf qilindi.
U daraxt ildizini Istanbul Universiteti olimlariga ko’rsatdi. Tegishli laboratoriya analizlari natijasida daraxt ildizining 23 million yil avvaliga oid ekani aniqlandi.
Sabah gazetasi, “Mag’lubiyatsiz jahon chempioni bo’ldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Monte Karloda har yili 200dan ziyod professionallar ishtirok etgan Jahon shashka chempionatida ilk marta bir turk chempionlikni qo’lga kiritganini yozdi.
Ali Jahongir Chetinel turnirdagi 8 musobaqaning barchasida g’olib bo’ldi. Chetinel finalda rus raqibini mag’lub etdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar