Turk matbuotidan 18.06.2015

Turk gazetalaridan tanlangan yangiliklar

308559
Turk matbuotidan 18.06.2015

Vatan: “ Serpalar “ Mug’la viloyatining Bo’drum tumanida”
Turkiya davr rahbariyatini o’z zimmasiga olgan G-20 noyabr oyida Antalyada o’tkaziladigan liderlar sammiti uchun tayyorgarlik faoliyatlari farqli shaharlarda majlislar bilan davom etmoqda.
Bosh vazir o’rinbosari Ali Babajon, G20 Serpalari( Prezidentlarning namoyandalari) va maslahatchilari to’plangan yig’ilishda ayollarning iqtisodiyotga yana faol ishtirok etishini tashviq etgan tushuncha bilan iqtisodiy o’sishni yana sifatli holga keltiradi deb ta’kidladi. Turkiya tarafidan tuzilishi taklif qilingan “ Women- 20 nomli tashabbus guruhiga himoyalari tufayli G-20 o’lkalariga tashakkur etdi.
Yeni Shafak gazetasi : “ ajdod yodgari TİKAga omonat”
Turk Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi TİKA, Makedoniyada Usmonli yodgari Sulton Murat, Skopje Alja va Saroy Huseyin Shoh jomelarini restavratsiyadan o’tkazadi.
Jomelarning restavratsiyasi ikki yil mobaynida yakunlanadi. Manastir shaharida joylashgan va restavratsiyasi yakunlangan Ishakiye Jomesi ham Ramazon oy mobaynida ibodatga ochiladi.
Haberturk gazetasi: Ramazonda maydonlar yana rang- barrang”
Ramazon hayajoni mamlakat bo’ylab yoyildi.
Shahar hokimliklari Ramazon tadbirlari bilan to’la. Anqaraning Kechio’ren tumanida uyushtiriladigan tadbirlarda Kosovo, Afg'oniston, Iroq, Senegal, O'zbekiston, Bosniya va Gertsegovina, Qirg'iziston, Sudan, Falastin, Tunis, Marokash, Eron, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qrim, Ukraina bilan bir qatorda 20 o’lkadan kelgan jamiyatlar tomonidan barpo etilgan 60 chodirda mahsulotlarini namoyish etadi. Yurtdoshlar sahna namoyishlari, İlohi va musiqa guruhlari, samozanlar, qo’g’irchoq o’yinlari namoyish etiladi.

Star gazetasi: “ Floransada Turk epchilligi”
Italiyaning otantik shahari Floransada uyushtirilgan Moda ko’rgazmasiga dunyoning ko’plab o’lkasida 150 marka ishtirok etdi. Ertaga yakunlanadigan ko’rgazma , kiyim ko‘rsatuvlarini muvaffaqiyat bilan yakunladi. Turk marka dizaynlari dunyo modasi tomonidan ta’qib etilib professionallar huzurida muvaffaqiyat bilan taqdim etildi.
Sabab Gazetasi: “ Niderlandiyaning sanam ayoli bizdan birovi”
Beyonce va Madonna kabi dunyo yulduzlari tomonidan tanlangan” Super Trash” nomli moda markasining dizayneri O’ljay Gulshen, Nidelandiyada ayol jurnali “ Vrouw” kitobxonlari tomonidan mukofotga loyiq deb topildi. Gulshen har yil o’tkazilgan anketada Niderlandiyalik ayollardan rekord saviyada ovoz olib moda va ish olamining eng muvaffaqiyatli ayol etib saylandi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar